Jamiyat

Marat Xayrullayeviç nega IMARATʼga borişga uyalgan edi?

Akmal Eshonxonov11 ko'rishlar

Marat Hamdamovga tegişli ekani aytilgan yangi audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Unda u hozirgi vaziyat sabab IMARAT DEVELOPMENT ofisiga borib, mijozlar bilan muloqot qilişga uyalayotganini aytgan.

Audioda Marat Hamdamovning:

«Hozirgi paytda men borib, qandaydir kliyentlar bilan gaplaşa olmayman... Hozir vaziyatni kördingiz-ku, vaziyat izdan çiqib ketib qoldi. Men ham endi ofisga borişga uyalanaman»

degan gaplari eşitiladi.

Mazkur audio IMARAT DEVELOPMENT atrofidagi avvalgi ziddiyatlar fonida tarqalmoqda. Bundan avval Marat Hamdamov ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatlarida ayrim hamkorlari tomonidan IMARAT DEVELOPMENTʼni undan tortib olişga harakat qilingani, şuningdek, özi va oila aʼzolariga bosim ötkazilgani haqida daʼvolar bildirgan edi.

Keyinçalik kompaniya brendi IMARAT DEVELOPMENTʼdan IMTIYAZʼga özgargan.

Şundan söng Jasur Azizovning otasi Dilşod Azizov EFFECT.UZʼga bergan intervyusida Marat Hamdamovga nisbatan bosim ötkazilmaganini aytgan. U, şuningdek, farzandiga bunday yöl bilan tarbiya bermaganini va xaridorlarni qiziqtirayotgan obyektlarda quriliş işlari töxtamaganini maʼlum qilgan.

Ayni paytda tarqalayotgan yangi audioda esa Marat Hamdamov kompaniya ofisiga boriş va mijozlar bilan muloqot qilişdan nega qiynalayotgani haqida öz fikrini bildirgan.

Audioning qaçon va qanday vaziyatda yozilgani, şuningdek, undagi gaplarning töliq konteksti haqida qöşimça maʼlumot berilmagan.

Jurnalist: Mohinur Hamdamova

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Marat Xayrullayeviç nega IMARATʼga borişga uyalgan edi? | Effect.uz