Jamiyat

“Vaziyat izdan çiqib ketgan, endi ofisga borişga uyalaman” – Marat Hamdamovning yangi audiosi tarqaldi, u avval Jasur Azizovni kompaniyani tortib olişga uringanlikda ayblagan edi

Akmal Eshonxonov48 ko'rishlar
“Vaziyat izdan çiqib ketgan, endi ofisga borişga uyalaman” – Marat Hamdamovning yangi audiosi tarqaldi, u avval Jasur Azizovni kompaniyani tortib olişga uringanlikda ayblagan edi

Effect.uzʼga IMARAT DEVELOPMENT bilan boğliq yangi audioyozuv kelib tuşdi. Unda kompaniya bilan boğliq nizolar markazida bölgan tadbirkor Marat Hamdamovga tegişli ekani aytilgan audioda kompaniyaning kelgusi taqdiri, mijozlar oldidagi majburiyatlar va brend nomini özgartiriş masalalari muhokama qilingan.

Audioda Hamdamov Jasur ismli şaxsga murojaat qilib, hozirgi vaziyat tufayli kompaniya ofisiga borib, mijozlar bilan muloqot qilişga qiynalayotganini aytadi.

«Hozirgi paytda men borib, qandaydir kliyentlar bilan gaplaşa olmayman... Hozir vaziyatni kördingiz-ku, vaziyat izdan çiqib ketib qoldi. Men ham endi ofisga borişga uyalanaman», — deyiladi audioda.

Şunga qaramay, u kelgusida ekskursiyalar, topşiriqlar, intervyular va boşqa formatlarda yordam beriş mumkinligini bildirgan.

Audiodagi eng eʼtiborli jihatlardan biri esa — kompaniya brendini özgartiriş haqidagi fikrlar.

Hamdamovning audioda aytişiça, eng oson yöllardan biri brend nomini özgartiriş bölişi mumkin. Ammo u buni hozir amalga oşiriş odamlarni xavotirga solişi mumkinligini taʼkidlagan.

«Eng oson yöli — brendning nomini özgartiriş kerak. Lekin hozir emas, odamlarni xavotirga tuşirmasdan. Birinçi örinda hozir topşirib, brendning nomini keyin özgartirib, asta-sekin siz öz yölingizda, men öz yölimda ketaveramiz», — deyiladi audioda.

U, şuningdek, avvalgi loyihalar mijozlarga topşirilganidan keyin kompaniya nomi va özining kompaniyadan çiqişi haqida oçiq eʼlon qiliş mumkinligini bildirgan.

«Joylarni topşirgandan keyin... birinçi etaplarni baribir eʼlon qilib qöyiş kerak. Çunki odamlarda tuşunmovçilik bölmasligi uçun özingizga ham yaxşi», — degan u.

Bu audio avvalgi mojaroni yana kun tartibiga olib çiqdi

Mazkur audio Marat Hamdamov va Jasur Azizov örtasidagi avvalgi ziddiyatlar fonida tarqalmoqda. Bundan avval Marat Hamdamov ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatlarida ayrim hamkorlari tomonidan IMARAT DEVELOPMENTʼni undan tortib olişga harakat qilingani, özi va oila aʼzolariga bosim ötkazilgani haqida daʼvolar bildirgan edi.

Xususan, u Jasur Azizov bilan boğliq holatlarni ham tilga olgan va kompaniyadagi taʼsisçilik hamda boşqaruv masalalari yuzasidan nizo borligini aytgan. Bu daʼvolar öşa paytda Hamdamovning şaxsiy bayonotlari sifatida tarqalgan.

Şuningdek, u kompaniya nomi uning roziligisiz «Imarat Development»dan «Imtiyaz»ga özgartirilganini ham daʼvo qilgan.

Ayni paytda iş tergovda

Bu orada vaziyat huquqiy bosqiçga ötgan. Toşkent şahar IIBB maʼlumotiga köra, 1-noyabr kuni IMARAT DEVELOPMENT rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik hamda 192-11-moddasi — nodavlat taşkilotida mansabdor şaxsning öz vakolatlarini suiisteʼmol qilişi alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Işga kompaniya tomonidan ayrim uy-joylar Toşkent şahrida qurilişi vaʼda qilingani, keyin esa loyihalardan biri Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida amalga oşirilayotgani aniqlangani va ayrim xaridorlar mablağlarini qaytarişni talab qilgani sabab bölgani aytilgan.

2-noyabr kuni Marat Hamdamov protsessual tartibda uşlangan. IIBB maʼlumotida jinoyat işi doirasida M.H. va J.A. uşlangani bildirilgan. Oçiq manbalarda J.A.ning aynan Jasur Azizov ekani rasmiy ravişda oçiqlanmagan.

3-noyabr kuni esa Mirobod tuman jinoyat işlari böyiça sudi Marat Hamdamovga nisbatan qamoq ehtiyot çorasini qöllaş haqida qaror çiqargan. Ayni vaqtda tergov davom etmoqda. Şu sababli Marat Hamdamov va Jasur Azizovga nisbatan bildirilayotgan har qanday ayblovlarga sudning yakuniy huquqiy bahosi berilgan deb bölmaydi.

Eng qiziği, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan yangi audioda Marat Hamdamovning avvalgi bayonotlaridan farqli ravişda, kompaniyaning kelajagi, brendni özgartiriş va özining undan çiqişi haqida boşqaça yondaşuv bildirilayotganidir.

Bu audio qaçon va qanday şaroitda yozilgani, suhbatdagi şaxslarning aynan kim ekani hamda audio töliq yozuvning konteksti hozirça oçiq manbalarda tasdiqlanmagan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Vaziyat izdan çiqib ketgan, endi ofisga borişga uyalaman” – Marat Hamdamovning yangi audiosi tarqaldi, u avval Jasur Azizovni kompaniyani tortib olişga uringanlikda ayblagan edi | Effect.uz