Bahodir Qurbonov ŞHT plyus ekspertlar muloqotida raqamli texnologiyalardan terrorçilik maqsadlarida foydalaniş kölami ortib borayotganini taʼkidladi.
2026-yil 6-noyabr kuni Samarqand şahrida Xavfsizlik masalalari böyiça ŞHT plyus birinçi ekspertlar muloqoti bölib ötmoqda.
Tadbirni Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Bahodir Qurbonov kiriş sözi bilan oçdi.
U öz nutqida terrorçilik va ekstremistik taşkilotlar öz mafkurasini tarqatiş, tarafdorlarni yollaş, terrorçilik harakatlarini moliyalaştiriş, ularga tayyorgarlik köriş va amalga oşirişda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganiga eʼtibor qaratdi.
«Birgina 2026-yilda ekstremistik va terrorçilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan bölib, bu 2025-yilgi körsatkiçga (43 mingga yaqin) nisbatan 14 foiz köpdir. Bunday tendensiya radikal ğoyalarni tarğib qilişda global tarmoqdan foydalaniş kölami ortib borayotganini yaqqol körsatadi», — dedi DXX raisi.
Bahodir Qurbonov 2021–2026-yillarga möljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça milliy strategiyani amalga oşiriş doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillaştirilganini taʼkidladi.
Uning qayd etişiça, Özbekiston tomonidan amalga oşirilayotgan işlar xalqaro reytinglarda ham öz aksini topmoqda. Jumladan, 2026-yilgi Global terrorizm indeksida Özbekiston 96-örinni egallagani va minimal xavf toifasiga kiritilgani terrorizmga qarşi kuraşişdagi milliy yondaşuv samaradorligini namoyon etgan.
DXX raisi raqamli transformatsiya davrida xavfsizlikni taʼminlaşning ustuvor yönalişlariga ham töxtaldi. Ular qatorida raqamli muhitda terrorçilar faoliyatining yangi şakl va usullarini aniqlaş, şuningdek, sunʼiy intellektdan terrorçilik maqsadlarida foydalanişning oldini oliş masalalari qayd etildi.
Nutq yakunida mazkur muloqotni ötkaziş ğoyat dolzarb va zarur ekani taʼkidlandi. Tadbir doirasida iştirokçilar xavfsizlikka oid mavjud tahdid va xavf-xatarlarni muhokama qilib, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan yagona çora-tadbirlarni işlab çiqişi kutilmoqda.




