Jahon

Prezident isteʼfo arizasini berdi

Akmal Eshonxonov120 ko'rishlar
Prezident isteʼfo arizasini berdi

Paragvay prezidenti bank inqirozidan keyin isteʼfo arizasini berdi taqdim etdi.

«Ueno Bank» faoliyati töxtatilişi ortidan mamlakatda moliyaviy va siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Bankning qariyb 3 million mijozi hisoblaridagi mablağlardan foydalana olmay qoldi.

Paragvay prezidenti Santyago Penya mamlakatdagi «Ueno Bank» bilan boğliq moliyaviy mojaro ortidan isteʼfo arizasini taqdim etdi. Bu haqda El País xabar berdi.

Penya ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilgan video murojaatida asosiy maqsadi bankka omonat qöygan fuqarolarning xotirjamligini taʼminlaş ekanini aytdi. U, şuningdek, aholi öz mablağlarini töliq qaytarib olişi kafolatlanişi kerakligini taʼkidladi.

Prezident bank bilan boğliq muammolar yuzaga kelganidan ikki kun ötib isteʼfo arizasini berdi. Avvalroq Paragvay Markaziy banki «Ueno Bank» tölovlarni amalga oşirişda jiddiy muammolarga duç kelgani va tölov qobiliyati körsatkiçlari talablarga javob bermagani sababli uning faoliyatini nazoratga olgan edi.

Qarordan keyin bankning qariyb 3 million mijozi hisoblaridagi mablağlardan foydalaniş imkoniyati çeklandi. Bu mamlakat aholisining deyarli yarmiga teng.

Bank inqirozi ortidan Paragvayda ommaviy norozilik namoyişlari boşlandi. Namoyişçilar prezidentning isteʼfosini talab qildi. Muxolifat esa Santyago Penyaga nisbatan impiçment jarayonini boşlaş taklifini parlamentga kiritdi.

5-noyabr kuni hukmron partiya deputatlari ham prezidentni qöllab-quvvatlaşdan boş tortgani xabar qilindi.

6-noyabr holatiga köra, parlament prezidentning isteʼfo arizasini qabul qilmagan. Impiçment jarayoni davom etmoqda, Penya esa özini himoya qilişini bildirgan

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Prezident isteʼfo arizasini berdi | Effect.uz