O'zbekiston

Yandex Go Market Özbekistonda faoliyatini töxtatadi

Akmal Eshonxonov55 ko'rishlar
Yandex Go Market Özbekistonda faoliyatini töxtatadi

«Yandex Uzbekistan» kompaniyasi Özbekistondagi Market Yandex Go servisini 10-noyabrdan yopişga qaror qildi. Kompaniya endi asosiy eʼtiborini tezkor yetkazib beriş xizmatlari — Yandex Lavka va «Magazinlar»ni rivojlantirişga qaratadi.

Market Yandex Go orqali foydalanuvçilar yetkazib beriş muddati bir neça kunni taşkil etuvçi tovarlarga buyurtma beriş imkoniga ega edi. Servis 2025-yil aprel oyida işga tuşirilgan bölib, dastlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatining ayrim hududlarida faoliyat boşlagan. Keyinçalik uning qamrovi kengaytirilgan.

Kompaniya maʼlumotiga köra, Market vitrinasi orqali buyurtmalar 10-noyabrga qadar qabul qilinadi. Uşbu sanagaça rasmiylaştirilgan barça buyurtmalar qayta işlanib, xaridorlarga yetkazib beriladi. Şuningdek, xizmatning qöllab-quvvatlaş jamoasi foydalanuvçilar va hamkorlarga yordam berişda davom etadi.

Servis yopilganidan keyin ham Yandex Go ilovasi orqali oziq-ovqat, elektronika, kosmetika, uy-rözğor buyumlari va boşqa mahsulotlarni buyurtma qiliş mumkin böladi. Biroq ular Yandex Lavka va «Magazinlar» xizmatlari orqali 15 daqiqadan boşlab yetkazib beriladi.

Kompaniya Market hamkorlariga ekspress-dostavka yönalişlarida — «Magazinlar» yoki Lavka bilan hamkorlikni davom ettirişni taklif qilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Yandex Go Market Özbekistonda faoliyatini töxtatadi | Effect.uz