2026-yilning 9 oyida fuqarolik işlari böyiça sudlar tomonidan 8,8 trillion sömdan ziyod majburiy tölovlarni undiriş haqida 1 043 910 ta sud buyruği çiqarilgan.
Uşbu buyruqlar voyaga yetmagan bolalar uçun aliment, iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar böyiça qarzdorlik hamda boşqa majburiy tölovlarni undiriş bilan boğliq.
Şu davrda fuqarolik işlari böyiça sudlarda 509 880 ta iş körib çiqilgan.
Şundan:
398 625 ta işda daʼvo talablari qanoatlantirilgan;
60 311 ta işda talablarni qanoatlantiriş rad etilgan;
45 687 ta iş körmasdan qoldirilgan;
5 257 ta iş böyiça iş yuritiş tugatilgan.
Eng köp nizolar qayerda körilgan?
Hisobot davrida eng köp fuqarolik nizolari Toşkent şahri, Toşkent, Farğona, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlari hissasiga töğri kelgan.
Körib tamomlangan işlar tarkibida:
183 270 tasi — bitimlar, jumladan oldi-sotdi, kredit va qarz munosabatlari;
51 631 tasi — nikohdan ajratiş;
21 433 tasi — uy-joy munosabatlari;
15 992 tasi — alohida toifadagi işlar;
10 705 tasi — özboşimçalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmalarni buziş bilan boğliq işlar.
Nikohdan ajratiş böyiça qança iş qanoatlantirilgan?
9 oy davomida nikohdan ajratişga oid işlar tahlil qilinganda, körib tamomlangan işlardan 27 235 tasida nikoh bekor qilingan.
18 110 ta işda nikohni bekor qiliş talabi rad etilgan.
Bundan taşqari, 4 554 ta iş körmasdan qoldirilgan, 1 732 ta daʼvo böyiça esa iş yuritiş tugatilgan.
Işga tiklaş böyiça holat
Işga tiklaşga doir 2 569 ta iş körib tamomlangan.
Şundan:
1 063 tasida daʼvo talablari qanoatlantirilgan;
1 051 tasida talablarni qanoatlantiriş rad etilgan;
402 tasi körmasdan qoldirilgan;
53 ta iş böyiça iş yuritiş tugatilgan.
Hisobot davrida sudlar tomonidan 6 440 ta xususiy ajrim çiqarilib, tegişliligi böyiça yuborilgan.
Yuqori instansiyalarda qança qaror özgargan?
Viloyat va unga tenglaştirilgan sudlarning fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼatlari apellyatsiya tartibida 10 593 ta işni körib çiqqan.
Natijada birinçi instansiya sudlari qarorlaridan 1 887 tasi bekor qilingan, 643 tasi özgartirilgan.
Kassatsiya tartibida esa 7 140 ta iş körib çiqilib, 1 424 ta qaror bekor qilingan, 587 ta qaror özgartirilgan.
Taftitiş tartibida 4 713 ta iş körib çiqilgan. Ularning 461 tasida qarorlar bekor qilingan, 102 tasi özgartirilgan.
Şuningdek, Oliy sudning Fuqarolik işlari böyiça sudlov hayʼati tomonidan taftiş tartibida 417 ta iş körib çiqilgan. Natijada quyi sudlar tomonidan çiqarilgan 193 ta qaror bekor qilinib, 52 tasi özgartirilgan.




