Siyosat

5 million tonna paxta qanday yetiştirildi? 2026-yil hosili ortidagi 11 haqiqat

Akmal Eshonxonov16 ko'rishlar
5 million tonna paxta qanday yetiştirildi? 2026-yil hosili ortidagi 11 haqiqat

Özbekistonda 2026-yilda paxta yetiştiriş böyiça yangi natija qayd etildi. Respublika böyiça 5 million 2 ming tonna paxta xomaşyosi yetiştirilib, örtaça hosildorlik 56,2 sentnerni taşkil qildi.

Taqdim etilgan 1990–2026-yillar statistikasiga köra, 1990-yilda 1,83 mln gektar maydondan 5,058 mln tonna paxta olingan bölsa, hosildorlik 27,6 sentner bölgan. 2026-yilda esa 890 ming gektar maydondan 5,002 mln tonna hosil olingan va hosildorlik 56,2 sentnerga yetgan.

Bu natijaga erişişda ekiş sxemasidan tortib, uruğçilik, defoliatsiya, mexanizatsiya, raqamli monitoring va moliyaviy imtiyozlargaça bölgan bir qator çoralar qöllangan.

Ekiş sxemasi özgardi

Paxta yetiştirişda 90 va 60 santimetrlik ekiş sxemalaridan voz keçilib, 76 santimetrlik qöşqator va yakkaqator ekiş sxemasiga ötilgan.

Jumladan, 76×10 santimetrlik qöşqator usulda gektariga 220–240 ming tup, 76 santimetrlik sxemada esa 160–180 ming tup köçat joylaştirilgan. Ilgarigi körsatkiç esa 80–110 ming tup atrofida bölgan.

Joriy yilda 670,7 ming gektar, yaʼni maydonlarning 75 foizida 76×10 santimetrlik qöşqator, 218,8 ming gektarda esa 76 santimetrlik sxema qöllangan.

Xorijiy va mahalliy navlardan foydalanildi

Respublika böyiça 603,8 ming gektar maydonga kösak qurti va gerbitsidga çidamli xorijiy navlar, 285,7 ming gektarga esa tezpişar va tola sifati yuqori bölgan mahalliy navlar ekilgan.

Şuningdek, 305,2 ming gektarda «Şinjon» usulida çigit ekiş yölga qöyilgan. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 124 ming gektarga köp.

Paxtaçilikda «8 ta qonun» tamoyili

Fermer va klasterlar uçun paxta yetiştirişda bajarilişi lozim bölgan 8 ta asosiy yönaliş ilmiy tavsiyalar asosida işlab çiqilgan.

Ular köçat qalinligi, ekiş sxemasi, ösimlikni boşqariş, oziqlantiriş, ğözani pişiriş, himoya zonalarini taşkil etiş, dala madaniyati va qonunlarga rioya qiliş hamda ekologik toza dalani qamrab olgan.

Ğözani issiq va zararkunandalarga çidamli qiliş çoralari

Paxtaning jazirama issiq va suvsizlikka çidamliligini oşiriş hamda zararkunandalar taʼsirini kamaytiriş maqsadida bor kislotasi, aspirin, açitqi va kremniy öğitlari bilan işlov berilgan.

Hosilni pişiriş jarayonida esa defoliatsiya va desikatsiya işlari uç bosqiçda taşkil etilgan.

Avvalo etefon bilan işlov berilib, ğözaning «qarişi» tezlaştirilgan. Keyin yumşoq taʼsir etuvçi defoliantlar qöllanilgan. Yakuniy bosqiçda esa qattiq taʼsir etuvçi preparatlar va desikantlardan foydalanilgan.

Paxta terimida mexanizatsiya kuçaytirildi

2026-yilda paxta terimiga 2,8 mingta paxta teriş maşinasi jalb qilingan. Natijada hosilni bir martada terib oliş va terim muddatini ikki oydan bir oyga qisqartiriş maqsad qilingan.

«Ustoz-şogird» tizimi raqamlaştirildi

2025-yilda gektaridan 30 sentnerdan kam hosil olgan 4 658 nafar fermerga yuqori hosildorlikka erişgan 946 nafar tajribali fermer va klasterlar ustoz sifatida biriktirilgan. Bunda har beş nafar şogirdga bitta ustoz biriktirilgan.

2026-yil paxta hosili uçun uşbu jarayonlar «Raqamli qişloq xöjaligi» platformasi orqali monitoring qilingan. Şuningdek, ustozlar tomonidan berilgan amaliy körsatmalarni qayd etiş va natijalarni baholaş uçun «Ustoz daftari» işlab çiqilgan.

Paxtaçilikka 12 trillion söm imtiyozli kredit

Paxta yetiştirişda agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida moliyalaştiriş maqsadida 2026-yil hosili uçun 12 trillion söm imtiyozli kredit ajratilgan.

Bundan taşqari, birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomaşyosi uçun 1 million sömdan subsidiya ajratiş mexanizmi qöllangan. Jami subsidiya miqdori 2,4 trillion sömni taşkil etgan.

Şu tariqa 2026-yilda paxta maydonlarining qisqarişiga qaramay, hosildorlik va yalpi hosil sezilarli oşgan.

Rasmiy maʼlumotlarda 2025-yilda 876 ming gektardan 3,986 mln tonna paxta olingan bölsa, 2026-yilda 890 ming gektar maydondan 5,002 mln tonna hosil yetiştirilgan. Hosildorlik esa bir yilda 45,5 sentnerdan 56,2 sentnerga kötarilgan.

Demak, 2026-yildagi 5 million tonnadan ortiq hosil faqat ekiladigan maydonni kengaytiriş hisobiga emas, balki ekiş sxemasi, nav tanlaş, agrotexnologiya, mexanizatsiya, raqamli monitoring va moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimining birgalikda qöllanilişi bilan boğliq bölgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

5 million tonna paxta qanday yetiştirildi? 2026-yil hosili ortidagi 11 haqiqat | Effect.uz