Uylar tayyor, ammo ularning egalari hanuz öz xonadonlariga köçib kira olmayapti. Urganç şahrida harbiy xizmatçilar va bir guruh fuqarolar uçun qurilgan köp qavatli uylar taqdiri yuzasidan murojaat kelib tuşdi.
Murojaatçilarning maʼlum qilişiça, Urganç şahridagi Maşʼal MFY hududida «Maxsus suv gaz montaj» MÇJ tomonidan qurilgan köp qavatli uylar foydalanişga tayyor bölişiga qaramasdan, hanuz öz egalariga topşirilmagan.
Taʼkidlanişiça, bir guruh harbiy xizmatçilar uçun ajratilgan uy-joylar qiymatining 35 foiziga teng mablağ davlat byudjeti hisobidan tölab berilgan. Biroq şunga qaramay, xonadonlar öz egalariga topşirilmayapti.
Murojaatçilarning aytişiça, 2024-yilning uçinçi çoragida topşirilişi kerak bölgan uylardan hanuz darak yöq. Ular uşbu masala yuzasidan turli davlat idoralariga murojaat qilgan bölsa-da, muammo hal etilmagan.
«Murojaat qilmagan davlat idoralari qolmadi. Endi barça umidimiz davlatimiz rahbaridan», — deydi murojaatçilar.
Xöş, qurilişi yakunlangan uylar nega öz egalariga topşirilmayapti? Harbiy xizmatçilar va fuqarolarning uy-joyga bölgan huquqlari qaçon taʼminlanadi?
Mazkur muammo tez orada Effect.uz YouTube kanalida keng yoritiladi.
Urgançda harbiy xizmatçilar uçun qurilgan uylar nega haligaça egalariga berilmayapti?
Akmal Eshonxonov45 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

O'zbekiston
Toşkentda buyurtma asosida ikki fuqaroni olib qoçişga uringan şaxslar qölga olindi
5 soat oldin93

O'zbekiston
Özbekistonda muhim metallar işlab çiqariş 2030-yilgaça 2,7 mlrd dollardan oşiriladi
8 soat oldin32

O'zbekiston
Toşkent aeroportida 1 mlrd sömdan ortiq qiymatdagi zargarlik buyumlari aniqlandi
9 soat oldin22

O'zbekiston
“Olot” bojxona postida ötkazuvçanlikni oşiriş çoralari muhokama qilindi
10 soat oldin49