Toşkent xalqaro aeroportida bojxona nazoratidan yaşirib olib kirişga urinilgan qariyb 691 gramm zargarlik buyumlari uşlandi. Ularning dastlabki qiymati 1 milliard 20 million 600 ming sömga baholangan.
«Toşkent-AERO» ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi maʼlumotiga köra, sönggi kunlarda aeroportning çegara bojxona posti xodimlari xorijdan uçib kelgan yölovçilar bilan boğliq bir neçta qoidabuzarlikni aniqlagan.
Xususan, turli xorijiy yönalişlardan kelgan yölovçilarning yuklari va yonidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, sariq rangli metalldan yasalgan zargarlik buyumlari topilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, aniqlangan buyumlarning umumiy oğirligi qariyb 691 gramm, qiymati esa 1 milliard 20 million 600 ming sömni taşkil etgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.




