Jamiyat

Özbekistonda dronlardan foydalanişga oid çeklovlar yumşatilişi mumkin

Akmal Eshonxonov35 ko'rishlar
Özbekistonda dronlardan foydalanişga oid çeklovlar yumşatilişi mumkin

Özbekistonda uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan foydalaniş tartibini yengillaştiriş masalasi körib çiqilmoqda. Prezident mutasaddilarga dronlarni iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etiş, mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş va tadbirkorlar uçun qulay şaroit yaratiş böyiça topşiriq berdi.

Topşiriq doirasida xorijiy davlatlar tajribasi örganilib, uçuvçisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanişga oid qonunçilikni takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlanadi.

Dronlardan qişloq xöjaligi, quriliş, logistika, geodeziya va boşqa sohalarda foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, şuningdek, ularni mamlakatda işlab çiqarişni rağbatlantiriş közda tutilmoqda.

Şu tariqa, Özbekistonda dronlardan foydalanişga oid amaldagi tartib-taomillar qayta körib çiqilişi va ayrim çeklovlar yumşatilişi mumkin.

Biroq hozirça yangi qoidalarning aniq mazmuni, qaysi çeklovlar bekor qilinişi yoki yengillaştirilişi hamda özgarişlar qaçon kuçga kirişi maʼlum emas.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Özbekistonda dronlardan foydalanişga oid çeklovlar yumşatilişi mumkin | Effect.uz