Qaşqadaryo viloyatida markazlaşgan issiqlik taʼminoti xizmatlari böyiça örganişlar natijasida 5 500 ta xonadonda yaşovçi isteʼmolçilar foydasiga qariyb 2,3 milliard söm qayta hisob-kitob qilindi. Bu haqda Raqobat qömitasining viloyat hududiy boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, «Issiqlik taʼminoti» MÇJ Qarşi şahri hamda Nişon, Koson va Yakkaboğ tumanlaridagi 384 ta köp qavatli uyning 14 448 ta xonadoniga mahalliy qozonxonalar orqali issiqlik energiyasi yetkazib bergan. Şuningdek, 12 ta byudjet va boşqa taşkilot bilan issiqlik taʼminoti böyiça şartnomalar tuzilgan.
Örganişlar davomida rejali taʼmirlaş, tizimdagi avariyalar, gaz bosimining pasayişi, sovuq suv va elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlar sabab qozonxonalar işlamagan kunlarda xonadonlarga issiqlik yetkazilmagani aniqlangan. Biroq mazkur kunlar uçun ham isteʼmolçilarga qarzdorlik hisoblangan.
Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş maqsadida mavsum yakuni böyiça qonunçilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qiliş masalasi körib çiqildi. Natijada 5 500 ta xonadonda yaşovçi fuqarolar foydasiga qariyb 2,3 milliard söm qayta hisob-kitob qilindi.
Raqobat qömitasi isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça işlar izçil davom ettirilişini maʼlum qildi.




