Prezident huquqbuzarliklar profilaktikasining yangi mexanizmlarini joriy etiş böyiça taqdimot bilan tanişdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillaştirişga qaratilgan taqdimot bilan tanişdi. Unda jamoat xavfsizligini taʼminlaş, kriminogen vaziyatni baholaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça yangi mexanizmlar körib çiqildi.
Maʼlum qilinişiça, hududlarda 263 mingta tanib oliş kamerasi, 70 mingta zamonaviy domofon va 22 mingta taşviş tugmasi örnatilgan. Ijtimoiy profilaktika orqali 2,1 million nafar fuqaroning muammolari manzilli hal etilgan. Natijada kriminogen vaziyati oğir bölgan 809 ta mahallaning 701 tasi uşbu toifadan çiqarilgan.
Taqdimotda 2014-yilda qabul qilingan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida»gi qonunni yangi tahrirda qabul qiliş takliflari muhokama qilindi. Yangi qonun huquqbuzarlik sodir etilganidan keyin çora körişdan köra, xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va bartaraf etişga qaratilgan proaktiv profilaktika modelini joriy etişni nazarda tutadi.
Şuningdek, profilaktika bilan şuğullanuvçi davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilaş, ularning hamkorligini kuçaytiriş va profilaktika subyektlari doirasini yana 7 taga kengaytiriş taklif etildi.
Qonun loyihasida kiberjinoyatçilik, narkotik moddalar bilan boğliq jinoyatlar, uyuşgan jinoyatçilik, yaşirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarşi profilaktik çoralarni kuçaytiriş, jinoyatdan jabrlanganlar va guvohlarning xavfsizligini taʼminlaş hamda ularni ijtimoiy himoya qiliş mexanizmlari ham nazarda tutilmoqda.
Kriminogen vaziyatni baholaşda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş, davlat idoralari axborot resurslarini birlaştiruvçi yagona platforma yaratiş va jinoyatçilik xavflarini prognozlaş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini hisobga oladigan «kriminogen barqarorlik indeksi»ni joriy etiş taklif qilindi.
Prezident huquqbuzarliklar profilaktikasi barça masʼul idoralar, mahalla va jamoatçilikning hamjihatlikdagi faoliyatiga asoslanişi lozimligini taʼkidladi.
Taqdimot yakunida mutasaddilarga qonun loyihasini takomillaştiriş va profilaktika mexanizmlarini joriy etiş böyiça topşiriqlar berildi. Kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modelini joriy etişni nazarda tutuvçi farmon imzolandi.




