Özbekistonda maişiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida töldiriş uçun jarima joriy etildi.
2-noyabr kuni imzolangan qonunga muvofiq, suyultirilgan uglevodorod gazini maişiy ballonlarda beriş tartibini buzganlarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça, yaʼni 1,32 million sömdan 2,2 million sömgaça jarima qöllaniladi.
Şuningdek, bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlarining yonğindan majburiy suğurtalaş talablarini bajarmasligi uçun mansabdor şaxslarga 22 million sömdan 33 million sömgaça jarima belgilandi.
Yonğin auditi talablarini buzgan fuqarolarga 6,6 million söm, mansabdor şaxslarga esa 13,2 million söm jarima solinişi mumkin.




