⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!⚠️ ATTENTION: The site is running in test mode!
Technology

Isroillik dasturchi Toshkentdagi olimpiadadan chetlatildi

Administrator3 h ago5 views
Isroillik dasturchi Toshkentdagi olimpiadadan chetlatildi

9–16-avgust kunlari Toshkentda oʻtkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) atrofida mojaro yuzaga keldi.

Maʼlum qilinishicha, 17 yoshli isroillik ishtirokchi Yotam Budnik musobaqa natijalariga koʻra oltin medalni qoʻlga kiritgan. Biroq taqdirlash marosimida Isroil bayrogʻini namoyish qilganidan keyin uning natijasi bekor qilingan va ismi rasmiy reytingdan olib tashlangan.

Budnik va boshqa isroillik ishtirokchilar musobaqada mamlakat nomi va bayrogʻisiz, mustaqil ishtirokchilar sifatida qatnashgan. Shunga qaramay, Budnik taqdirlash marosimiga Isroil bayrogʻini olib chiqqan.

U podiumga koʻtarilganidan soʻng bayroqni ochib, yelkasiga tashlagan. Xabarlarga koʻra, ishtirokchi bu harakat musobaqa qoidalariga zid ekanini bilganini ham tan olgan.

Shundan keyin tashkilotchilar undan oltin medalni qaytarishni soʻragan. Budnik esa medalni topshirishdan bosh tortgan.

Keyinchalik uning natijasi rasmiy reytingdan chiqarilgan va koʻrsatkichi oʻchirilgan. Natijada Budnik ayni vaqtda Xalqaro informatika olimpiadasining rasmiy reytinglarida oltin medal sohibi sifatida qayd etilmayapti.

Hodisa olimpiadada sport yoki intellektual natija bilan bir qatorda ishtirokchilarning milliy ramzlardan foydalanishi masalasini ham kun tartibiga olib chiqdi.

Share:

Isroillik dasturchi Toshkentdagi olimpiadadan chetlatildi | Effect.uz