⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

Xorazmda tanqidiy yigʻilish: mahallalarda xavfsiz muhit masalalari muhokama qilindi

Administrator3 soat oldin24 ko'rishlar
Xorazmda tanqidiy yigʻilish: mahallalarda xavfsiz muhit masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosi hamda mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Xorazm viloyatida tanqidiy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Yigʻilishda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Ramazon Ashropov, Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari Bahriddin Valiyev, viloyat IIB boshligʻi A.Shermuhammedov, viloyat prokurori M.Ahmedov hamda ichki ishlar va prokuratura organlari rahbarlari ishtirok etgan.

Videoselektor tarzida oʻtkazilgan yigʻilishda jinoyatga oid ariza va xabarlarni qabul qilish, ularni koʻrib chiqish, qabul qilingan qarorlarning qonuniyligi va ijro intizomi holati chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, bu borada yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilingan.

Tadbirda shahar-tuman IIB boshliqlari va prokurorlarining hisobotlari eshitilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Shu bilan birga, davlat rahbari tomonidan Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish boʻyicha belgilangan vazifalar, jumladan, uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda “poytaxt namunasi”ni viloyatda joriy etish masalalari muhokama qilingan.

Yigʻilish davomida tergovga qadar tekshiruv olib boruvchi xodimlarning huquqiy bilimini oshirish va ularni oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar ham belgilandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Xorazmda tanqidiy yigʻilish: mahallalarda xavfsiz muhit masalalari muhokama qilindi | Effect.uz