Korrupsiya yoki ogʻir jinoyatlar haqidagi murojaatlarga eʼtibor berilmasa, ammo bu haqda xabar bergan jurnalist yoki bloger tuhmatda ayblansa — bu adolatmi?
Kimnidir yirik korrupsiya yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqidagi murojaatlarga lozim darajada eʼtibor qaratilmasa, bu jamiyatda jiddiy savollarni tugʻdiradi.
Ayniqsa, bunday holat haqida ommaviy axborot vositalari xabar berganidan keyin, qonunbuzar shaxs taʼsir doirasi keng boʻlgani sababli javobgarlikka tortilmasa, aksincha xabar bergan shaxs tuhmat yoki yolgʻon maʼlumot tarqatishda ayblansa, bu holat adolat prinsiplariga zid koʻrinishi mumkin.
Korrupsiya yoki jinoyatlar haqidagi murojaatlar avvalo xolis va shaffof tekshiruvdan oʻtkazilishi, faqat shundan keyingina huquqiy xulosa berilishi lozim. Jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash uchun har qanday daʼvo yoki ayblovlar ochiq va adolatli tarzda koʻrib chiqilishi muhim ahamiyatga ega.
Maʼlumot oʻrnida, Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Uchtepa City qurilish obyektidan jabrlangan fuqarolar murojaatini yoritgan Effect.uz rahbari Akmal Eshonxonov Toshkent shahar IIBB tergovchisi tomonidan idoraga chaqirilgan. Tergovchi mazkur chaqiruv sababini ish boʻyicha raport rasmiylashtirilgani bilan izohladi.
Mazkur masala Uchtepa City qurilish obyektidan jabrlangan fuqarolar murojaati bilan bogʻliq holatlarni yoritish ortidan kelib chiqqan.
Uchtepa City ishi: Effect.uz rahbari Akmal Eshonxonov tergov idorasiga chaqirildi
Administrator13-mart, 2026, 20:5595 ko'rishlar
Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
“Real Sanjik” adashining kasriga qoldi(mi?)
18 soat oldin1.1K

Jamiyat
«Haqiqatga ko‘z yumilmoqda»: Xorazmda tarjimon yigit 5 yilga nohaq qamaldi — oila adolat so‘ramoqda
10-sentabr, 2026, 11:5988

Jamiyat
1-sentyabrdan davlat bogʻchalarida toʻlovlar oshadi
26-avgust, 2026, 14:54143

Jamiyat
“Real Sanjik” tuhmatga qolganmi? 5 oylik sudda AQSHdan yangi dalillar keltirildi
22-avgust, 2026, 02:591.8K