Bayonotda Isroil havo kuchlari qoʻmondoni joylashgan obyekt ham nishonga olingani va hujumda “Xayber” oʻrta masofali ballistik raketalari qoʻllangani aytilgan.
Biroq Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) mazkur maʼlumotlarni rad etib, bunday xabarlar asossiz ekanini maʼlum qildi.
Isroil tomoni Netanyaxu qarorgohiga zarba berilgani haqidagi daʼvolarni tasdiqlamadi.
Bosh vazir esa oʻzi haqidagi turli xabarlar fonida omma oldida koʻrinish berdi.
“Men eronliklar Yevropani nishonga olishini aytgandim. Shunday ham boʻldi”, dedi Isroil bosh vaziri Eronning Kiprga bergan zarbasini nazarda tutib.
SAXAL vakili Anna Ukolovaning bildirishicha, Eron hududidan raketa uchirilgani aniqlangan, shundan soʻng havo hujumi sirenalari ishga tushirilgan va ayrim hududlarda toʻxtatuvchi tizimlar faollashtirilgan.
OAV maʼlumotlariga koʻra, raketalardan biri Isroil janubidagi Beʼyer-Sheva shahriga tushgan.
Portlash oqibatida turar-joy binolariga zarar yetgan va oʻn kishi jarohat olgan.
U oʻlmagan — Netanyaxu tirik ekanligi aytildi
Administrator4-mart, 2026, 03:1193 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jahon
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar noqulay ob-havo sabab ogohlantirildi
15-oktabr, 2026, 12:3912

Jahon
"Anorbank"ning asosiy aksiyadori interpol qidiruvidan yechilgani aytilmoqda
15-oktabr, 2026, 12:2853

Jahon
Rossiyalik reper Qozog‘istonda giyohvandlik moddalari kontrabandasida gumonlanib ushlandi
14-oktabr, 2026, 21:0721

Jahon
Rim papasida o‘pka saratoni aniqlandi
14-oktabr, 2026, 13:4226