Malayziyadan Toşkentga uçib kelayotgan samolyotda mast holda janjal kötarib, bort kuzatuvçilari va yölovçilarni haqorat qilgan Rossiya fuqarosi 7 sutkaga maʼmuriy qamoqqa olindi.
Sud hujjatiga köra, voqea 2026-yil 5-noyabr kuni HY-552 reysi orqali amalga oşirilgan «Kuala-Lumpur — Toşkent» parvozi davomida sodir bölgan.
Maʼlum qilinişiça, Rossiya fuqarosi V.K. samolyot bortida mast holda baqir-çaqir qilib, yölovçilarning tinçligini buzgan. U bort kuzatuvçisiga qöpol muomalada bölib, uni hamda boşqa yölovçilarni haqorat qilgan. Uni tinçlantirişga qaratilgan urinişlar natija bermagan.
Samolyot Toşkent xalqaro aeroportiga qöngaç, içki işlar xodimlari yölovçidan samolyotdan tuşib, holat yuzasidan tuşuntiriş beriş uçun maʼmuriy binoga borişni söragan. Biroq u xodimlarning qonuniy talablariga böysunmagan. Hatto qöl yukini samolyot trapidan yerga uloqtirib, tepgan.
Sud majlisida V.K. aybiga iqror bölgan. U parvoz vaqtida bort kuzatuvçisidan spirtli içimlik söraganini, biroq mastligi sababli rad javobini olganini bildirgan. Şundan söng ular örtasida tortişuv kelib çiqqan. Rossiya fuqarosi qilmişidan puşaymonligini aytgan.
6-noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Sergeli tuman sudi V.K.ni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi birinçi qismi (içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik) böyiça aybdor deb topgan.
Sud qaroriga köra, unga mayda bezorilik uçun 7 sutka maʼmuriy qamoq, içki işlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik uçun esa 440 ming söm jarima tayinlangan.
Jazolarni qöşiş natijasida rossiyalikka uzil-kesil 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi belgilangan.




