Sud qaroriga koʻra, oʻtgan yilning 23-sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari Xayrulla Asadovga tegishli kitob doʻkonida tekshiruv oʻtkazgan.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra, Asadov xaridorga 20 ming soʻmga xarid cheki bermagani va kunlik savdodan tushgan 20 ming soʻm pulni onlayn nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritmagani, shu bilan birgalikda hujjatlarsiz faoliyat yuritayotgani aniqlangan.
Sud jaraniyoda Xayrulla Asadov qilmishidan pushaymon ekanligini, bu kabi harakatlarni boshqa sodir etmasligini aytib, suddan yengillik soʻragan.
JIB Mirzo Ulugʻbek tuman sudining 2026-yil 6-yanvardagi qarori bilan Asadov MJTKning 176-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarligini sodir qilgan deb topilib, unga BHMning 5 baravari (2 mln 60 ming soʻm) miqdorida jarima solingan.
Shuningdek, Xayrulla Asadovning narxi 1 mln 520 ming soʻm boʻlgan 3 turdagi 100 dona kitobi tegishli tartibda musodara qilingan.
Toshkent shahar sudlari mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi:
“Maʼnaviyat va savdo oʻrtasida farq bor. Kitob – maʼnaviyat vositasi ekani toʻgʻri, biroq u sotuvda tovar hisoblanadi, sotuvchi esa savdo qoidalariga rioya etishi kerak”, — deyiladi munosabatda.
“Tirik kitob” jarimaga tortildi va kitoblari musodara qilindi
Administrator4-mart, 2026, 13:39183 ko'rishlar

Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Jamiyat
“Telegram'dagi xabarni ulashishdan oldin o‘ylang: javobgarlik muqarrar!” – Andijon viloyati hokimi oilasi atrofidagi shov-shuvlar haqida
8-iyul, 2026, 16:340

Jamiyat
Ichki ishlar vaziri qabulidagi fuqarolar dardi: firibgarlik, tergov va adolat bilan bogʻliq murojaatlarga yechim topilyaptimi?
29-iyun, 2026, 18:250

Jamiyat
Shahrisabzdagi renovatsiya mojarosiga yakun yasaldi: «Kesh New House» bilan bog‘liq uzoq yillik nizo qanday yechim topdi?
24-iyun, 2026, 18:520

Jamiyat
DXX ushladi, IIB «qo‘yib yubordi»: Xorazmdagi jinoyat ishi nega «yengillashtirildi»?
22-iyun, 2026, 10:150