⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

Tarixiy natija: al-Xorazmiy maktabi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi

Administrator12 soat oldin35 ko'rishlar
Tarixiy natija: al-Xorazmiy maktabi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hayotida muhim voqea yuz berdi.

Ma’lum qilinishicha, maktab International Baccalaureate (IB) dasturining Middle Years Programme (MYP) yo‘nalishi bo‘yicha akkreditatsiya jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan.

Mazkur akkreditatsiya bir necha bosqichdan iborat murakkab baholash jarayonidan so‘ng beriladi. Ushbu natija maktab jamoasining jipsligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda o‘quvchilarning bilimga intilishi samarasi ekani ta’kidlanmoqda.

Eng e’tiborlisi, Muhammad al-Xorazmiy maktabi ushbu nufuzli xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk davlat maktabi bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, mazkur yutuq maktab faoliyatida yangi imkoniyatlar ochib, o‘quvchilarga xalqaro standartlar asosida ta’lim olish imkonini kengaytiradi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Tarixiy natija: al-Xorazmiy maktabi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tdi | Effect.uz