2026-yil 31-dekabrga qadar kiçik va örta tadbirkorlik subyektlari uçun quyidagilarni nazarda tutuvçi «Ikkinçi imkon» iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilindi:
(a) iqtisodiy amnistiya eʼlon qilingunga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi (bundan penya mustasno) 2026 yil 31 dekabrga qadar töliq tölanganda, uşbu qarzdorlik böyiça hisoblangan penya hisobdan çiqariladi va ular bilan boğliq ijro işlari tugatiladi;
(b) avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq tölovçi tomonidan mustaqil ravişda tuzatiş kiritilib, qöşimça hisoblangan soliq summasi 2026-yil 31-dekabrga qadar töliq tölanganda uşbu summaga nisbatan penya hisoblanmaydi;
(v) uşbu bandning «a» kiçik bandida nazarda tutilgan tartib tadbirkorlik subyektida 2027-yil 1-yanvar holatiga soliq qarzi (bundan penya mustasno) mavjud bölmaslik şarti bilan qöllanadi;
(g) tadbirkorlik subyektlari soliqlar va yiğimlarni tölaş uçun tölov topşiriqnomasini bankka taqdim etmaganlik uçun maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi;
(d) iqtisodiy amnistiya doirasida yöl qöyilgan xatolarni mustaqil ravişda bartaraf etganlarning Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi ballari tuşirilmaydi;
(j) 2026-yil 1-yanvarga qadar şakllangan quyidagi qarzdorliklar hisobdan çiqariladi:
(i) soliq hisobotini öz vaqtida taqdim etmaganlik uçun qöllangan maʼmuriy jarimaning tölanmagan qismi;
(ii) qatʼiy belgilangan miqdordagi aylanmadan olinadigan soliqni tölovçi subyektlarga qöllangan moliyaviy jarimalarning tölanmagan qismi;
(z) avval rasmiylaştirilgan mehnat şartnomalari Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilişiga ruxsat beriladi hamda keçiktirib kiritilganligi sababli jarima qöllanmaydi.




