Mutaxassislarga koʻra, havo aylanishining susayishi va harorat inversiyasi shakllanishi ehtimoli tufayli ifloslantiruvchi moddalar atmosferaning yerga yaqin qatlamida toʻplanib qolishi mumkin.
Ayniqsa, Toshkent shahrida nam va nisbatan salqin havo massasi taʼsirida ertalabki soatlarda tuman, yuqori namlik hamda shamolsiz ob-havo kuzatilishi mumkin. Bu esa havo almashinuvining sekinlashishiga olib keladi.
Mutaxassislar bunday sharoitda havoda asosan avtotransport, isitish tizimlari va sanoat chiqindilaridan kelib chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar toʻplanishi mumkinligini bildirmoqda.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yaqin uch kun davomida saqlanishi mumkin. 10-martga kelib shamol kuchayishi va yogʻingarchilik kuzatilishi natijasida atmosfera havosi tozalanishi kutilmoqda.




