Siyosat

Şikoyatga javob örniga «maʼlumotnoma»: Konstitutsiyaviy suddan kelgan bir xat haqida...

Akmal Eshonxonov10 ko'rishlar
Şikoyatga javob örniga «maʼlumotnoma»: Konstitutsiyaviy suddan kelgan bir xat haqida...

28-oktyabr kuni Konstitutsiyaviy sudga şikoyat berdim. Pedagog xodimlarning attestatsiya natijasi bilan işdan böşatilişiga asos bölgan normalarning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekşirişni söradim.

Masala aniq edi: davlat röyxatidan ötmagan va rasman eʼlon qilinmagan idoraviy hujjat asosida odamni işdan böşatiş mumkinmi? Bunday hujjatni sudda eʼtiroz qiliş imkoni umuman bölmasa, bu Konstitutsiyaning 55-moddasidagi sud orqali himoyalaniş huquqiga töğri keladimi?

2-noyabrda javob keldi. Aniqroği, javobga öxşagan bir xat keldi: sudya R. Ismaylovning 02-01/2073-sonli xati.

Xatda nima bor? Konstitutsiyaviy qonunning 4, 42 va 43-moddalari umumiy tarzda qayta yozib çiqilgan. Oxirida fuqarolar «yuqoridagi talablarga asosan murojaat qilişlari mumkin» deyilgan.

Xatda nima yöq? Şikoyat qabul qilindimi yoki rad etildimi, bu aytilmagan. Agar rad etilgan bölsa, qaysi asos bilan rad etilgani, qaysi talab bajarilmagani ham körsatilmagan. Şikoyatdagi vajlar va ilovalarga biror söz bilan ham baho berilmagan.

Vaholanki, 15-oktyabrdan kuçga kirgan yangi Konstitutsiyaviy qonun bu işning tartibini aniq belgilab qöygan:

şikoyat majburiy dastlabki örganişdan ötadi, uning natijasida xulosa tayyorlanadi va sud majlisida köriladi (49-modda);

rad etiş faqat qonunda sanab ötilgan yettita asosdan biri böyiça bölişi mumkin (50-modda);

qabul qiliş yoki rad etiş haqidagi ajrim bir oy içida çiqariladi, rad etiş ajrimining nusxasi beş kun içida murojaatçiga yuboriladi (50, 51-moddalar);

bu masalani bitta sudya emas, sud kollegial tarzda hal qiladi (21, 24-moddalar).

Menga kelgan xat bu talablarning birortasiga javob bermaydi. U ajrim ham, qaror ham, xulosa ham emas, yaʼni qonun böyiça Konstitutsiyaviy sud hujjati hisoblanmaydi. Hatto muddat ham notöğri körsatilgan: xatda bir yillik muddat «işni sudda körib çiqiş tugagan kundan» hisoblanadi deyilgan, 102-moddaga köra esa bu muddat oxirgi sud hujjati qabul qilingan kundan boşlanadi.

Natijada şikoyatim heç qayerda emas. U qabul ham qilinmagan, asosli ajrim bilan rad ham etilmagan. Ustidan şikoyat qiladigan hujjat ham yöq, çunki rasmiy hujjatning özi yöq.

Bu faqat mening işim haqida emas. Konstitutsiyaviy sud fuqaroning oxirgi umidi. Yangi qonun aynan murojaatlarni oçiq, asosli va muddatida köriş uçun qabul qilingan. Agar şikoyatlarga ajrim örniga umumiy maʼlumot beruvçi xatlar bilan javob berilsa, qonun yangi bölsa ham, amaliyot eskiligiça qoladi.

Suddan bor-yöği qonunda yozilganini sörayapman: şikoyatimni belgilangan tartibda körib çiqib, asosli ajrim çiqarişni.

Advokat: Şavkat Mavlyanov

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Şikoyatga javob örniga «maʼlumotnoma»: Konstitutsiyaviy suddan kelgan bir xat haqida... | Effect.uz