O'zbekiston

Qaşqadaryoda uçta yangi GES işga tuşirildi

Administrator2 soat oldin14 ko'rishlar
Qaşqadaryoda uçta yangi GES işga tuşirildi

Oqsuv daryosida umumiy quvvati 24 megavatt bölgan uçta gidroelektr stansiya foydalanişga topşirildi. Yangi GESlar yiliga 105,1 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarişi va qariyb 44 ming xonadonni elektr bilan taʼminlaşi kutilmoqda.

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida Oqsuv daryosida barpo etilgan yangi gidroelektr stansiyalar işga tuşirildi.

Majmua tarkibidan 6,2 MVt quvvatli Rabat GES, 7,5 MVt quvvatli Çappasuy GES va 10,3 MVt quvvatli Tamşuş GES örin olgan.

“Özbekgidroenergo” AJ maʼlumotiga köra, stansiyalar kaskadi yiliga örtaça 105,1 million kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqaradi.

Loyihaning yana bir muhim jihati — tabiiy gaz va kömir sarfini kamaytiriş. Hisob-kitoblarga köra, yiliga qariyb 31,5 million kub metr tabiiy gaz va 45–50 ming tonna kömir tejalişi mumkin.

Yangi GESlar Oqsuv daryosining tabiiy gidroenergetika salohiyatidan foydalaniş orqali hudud energetika infratuzilmasini mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Şuningdek, işlab çiqariladigan elektr energiyasi yiliga qariyb 44 ming xonadon ehtiyojini qoplaş imkonini beradi. Loyiha qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalanişni kengaytiriş va energiya işlab çiqariş manbalarini diversifikatsiya qilişga qaratilgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Qaşqadaryoda uçta yangi GES işga tuşirildi | Effect.uz