Jamiyat

“Oʻzbekneftgaz” va CNPC rahbarlari uchrasuvida “M-25” konidagi avariya oqibatlari muhokama qilindi

Administrator1 soat oldin11 ko'rishlar
“Oʻzbekneftgaz” va CNPC rahbarlari uchrasuvida “M-25” konidagi avariya oqibatlari muhokama qilindi

“M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarida yangi bosqich boshlanishi mumkin. Loyiha doirasida qutqaruv quduqlarini burgʻilash rejalashtirilgan. Bu masala “Oʻzbekneftgaz” va Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi — CNPC rahbarlari uchrashuvida alohida muhokama qilindi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdugʻani Sanginov hamda CNPC prezidenti Chjou Sinxuay boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida muzokaralar oʻtkazildi.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish boʻldi. Maʼlum qilinishicha, loyiha doirasida qutqaruv quduqlarini burgʻilash ishlari rejalashtirilmoqda.

Bu yoʻnalishda CNPC tarkibidagi kompaniyalarning texnologik va texnik imkoniyatlaridan foydalanish masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Muzokaralarda, shuningdek, neft-gaz sohasidagi qoʻshma loyihalarni jadallashtirish, burgʻilash, geologiya-qidiruv va seysmik tadqiqotlar, konlarning gaz berish samaradorligini oshirish hamda sohani raqamlashtirish masalalari muhokama qilingan.

Tomonlar ichki bozorni yoqilgʻi bilan barqaror taʼminlash uchun neft mahsulotlarini yetkazib berish manbalarini diversifikatsiya qilish va uzoq muddatli yetkazib berish mexanizmlarini ishlab chiqish boʻyicha ham fikr almashdi.

Shuningdek, Toshkentda CNPCning doimiy vakolatxonasini tashkil etish, qoʻshma loyihalarni muvofiqlashtirish va neft-gaz sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari koʻrib chiqilgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar “M-25” konidagi avariya oqibatlarini bartaraf etish bilan bir qatorda, neft-gaz sohasidagi boshqa qoʻshma loyihalarni ham jadallashtirishga tayyor ekanini bildirgan.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Oʻzbekneftgaz” va CNPC rahbarlari uchrasuvida “M-25” konidagi avariya oqibatlari muhokama qilindi | Effect.uz