Jamiyat

“OLIMP” işi böyiça Boş prokuratura tergov olib bormoqda — Mirzo Uluğbek tumani hokimligi muammoli quriliş böyiça izoh berdi

Administrator2 soat oldin21 ko'rishlar
“OLIMP” işi böyiça Boş prokuratura tergov olib bormoqda — Mirzo Uluğbek tumani hokimligi muammoli quriliş böyiça izoh berdi

Mirzo Uluğbek tumanidagi “OLIMP” quriliş loyihasi atrofidagi holatlar Boş prokuratura tomonidan körib çiqilmoqda. Tuman hokimligi esa fuqarolar murojaatlari asosida quriliş bilan boğliq muammolarni örganiş va öz vakolati doirasida çoralar körişda davom etayotganini bildirdi.

Tuman hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, 30-sentyabr kuni fuqarolar bilan ötkazilgan uçraşuvda tuman hokimi “OLIMP” quriliş obyektini şaxsan közdan keçirişi va mavjud muammolarni örganişini bildirgan.

Şu topşiriq ijrosi doirasida 3-oktyabr kuni tuman hokimi quriliş obyektiga borib, fuqarolar bilan uçraşgan.

Uçraşuvda mazkur holat böyiça Boş prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani, işning sud jarayonlari bilan boğliq qismi ham davom etayotgani maʼlum qilingan.

“ERNEST-HOLDING” böyiça jinoyat işi

Hokimlik maʼlumotiga köra, “ERNEST-HOLDING” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Işning bir qismi sudda körib çiqilib, ayrim şaxslarga nisbatan hukm çiqarilgan.

Jinoyat işining boşqa qismi esa tergovni davom ettiriş uçun Boş prokuraturaga yuborilgan.

Hokimlik alohida taʼkidlaganidek, tergov va sud jarayonlari tuman hokimligining vakolatiga kirmaydi. Şu sababli mazkur jarayonlarning borişi va yakuni böyiça qarorlar tegişli vakolatli organlar tomonidan qabul qilinadi.

Ayni vaqtda tuman hokimligi huzurida taşkil etilgan ştab öz faoliyatini davom ettirmoqda. Hokim tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida quriliş işlarini jadallaştiriş, muammolarni örganiş va ularning yeçimini topiş böyiça masʼullarga topşiriqlar berilgan.

Hokimlik fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, murojaatlarini körib çiqiş va mavjud muammolarni hal etiş işlari öz vakolati doirasida davom ettirilişini maʼlum qildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“OLIMP” işi böyiça Boş prokuratura tergov olib bormoqda — Mirzo Uluğbek tumani hokimligi muammoli quriliş böyiça izoh berdi | Effect.uz