⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

Mulkni sud qarorisiz buzish — qonunga zid. OʻzLidep Toshkentdagi demontaj ishlariga munosabat bildirdi

Administrator15 soat oldin17 ko'rishlar
Mulkni sud qarorisiz buzish — qonunga zid. OʻzLidep Toshkentdagi demontaj ishlariga munosabat bildirdi

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tadbirkorlarga tegishli tashqi reklama vositalari va boshqa yengil konstruksiyali obyektlarni majburiy demontaj qilish holatlari yuzasidan munosabat bildirdi.

Oʻzbekistonda keyingi yillarda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish va biznesni rivojlantirish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Biroq, amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan davlat tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga asossiz ravishda aralashuv va xususiy mulk daxlsizligini buzish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, soʻnggi kunlarda Toshkent shahri va qator hududlarda tadbirkorlarga tegishli boʻlgan tashqi reklama vositalari, elektromobillarni quvvatlantirish qurilmalari va boshqa yengil konstruksiyali obyektlarni majburiy demontaj qilish holatlari keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga asosan, xususiy mulk daxlsizligi, mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan.

Tadbirkorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va tegishli obyektlarni oʻrnatish jarayonida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnomalar olib, ammo, keyinchalik ularni “noqonuniy” yoki “dizayn-kodga mos kelmaydigan”, deb topib, sud qarorisiz buzib tashlashga asos boʻla olmaydi.

Qonun hujjatlariga asosan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish va xususiy mulk huquqini buzish uchun qatʼiy javobgarlik belgilangan. Har qanday nizoli vaziyat, shu jumladan “noqonuniy qurilmalar”, deb topilgan obyektlar masalasi ham faqat huquqiy maydonda – sud tartibida koʻrib chiqilishi shart.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash zarur va quyidagi choralarni koʻrish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi:

– tadbirkorlik subyektlarining mulkini sud qarorisiz majburiy demontaj qilish amaliyotiga chek qoʻyilishi;

– davlat organlarining qarorlari va harakatlari tadbirkorlarga zarar yetkazmasligi, aksincha, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilishi lozim.

Mazkur holat yuzasidan elektorat manfaatini ifoda etgan holda tegishli davlat tashkilotlariga oʻz harakatlarini qonuniyligi yuzasidan nuqtayi nazarlarini bayon etish boʻyicha Qonunchilik palatasidagi fraksiya aʼzolari tomonidan deputatlik soʻrovlari yuboriladi.

Biznes faoliyati erkinligi kafolatlari va mulk huquqining himoyasini taʼminlash masalasi Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining doimiy nazoratida ekanligini maʼlum qilamiz.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Mulkni sud qarorisiz buzish — qonunga zid. OʻzLidep Toshkentdagi demontaj ishlariga munosabat bildirdi | Effect.uz