Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputat Qizilgul Qosimova Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga ayrim serial va filmlarda qaynonalar va kelinlar oʻrtasidagi mojarolar tasvirlanayotgani hamda bunday loyihalarga davlat byudjetidan mablagʻ ajratilishi qanchalik toʻgʻri ekani yuzasidan savol yoʻlladi.
Deputat oʻz murojaatida oilaviy nizolarni markazga qoʻygan bunday seriallarning jamiyat maʼnaviyatiga qanday taʼsir koʻrsatishi masalasiga aniqlik kiritishni soʻradi.
Savolga javoban madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bu masalada jamiyatda maʼnaviy mezonlar aniq belgilab olinmaganini taʼkidladi.
“Maʼnaviyat chegarasini bilmayapmiz, u qayerda?” — dedi vazir.
Uning taʼkidlashicha, kino va seriallar mazmuni, ularning jamiyatga taʼsiri hamda davlat mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha yondashuvlarni yanada takomillashtirish zarur.
“Maʼnaviyat chegarasini bilmayapmiz, qayerda u?” – Parlamentda Ozodbek Nazarbekovga keskin savol berildi
Administrator12-mart, 2026, 21:0276 ko'rishlar
Ulashish:
O'xshash yangiliklar

Siyosat
AQSH Davlat kotibi O‘zbekistonga nega keladi?
15-oktabr, 2026, 20:0976

Siyosat
Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi — Saida Mirziyoyeva
14-oktabr, 2026, 17:0153

Siyosat
“Har doim — labbay, deymiz!” — Ashrapov fuqarolar murojaatiga shunday javob qaytardi
30-sentabr, 2026, 01:0454

Siyosat
Prezident bir qator mehnat faxriylarini faxriy unvon bilan taqdirladi
26-avgust, 2026, 14:40151