🔹 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining litsenziyalash boʻlimi xodimi nodavlat universitet filiali uchun litsenziya olib berish evaziga 100 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi.
🔹 Samarqand viloyati Pastdargʻom tuman sudi sudyasi esa fuqarolik ishini ijobiy hal qilib berish evaziga 300 dollar pora olgan vaqtida ushlandi.
🔹 Shuningdek, Qarshi va Buxoro shaharlarida bozor rahbarlari savdo joylarini noqonuniy ajratish evaziga oʻn minglab dollar talab qilib, pul olgan vaqtlarida qoʻlga olingan.
Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar kundalik hayotda shu kabi qonunbuzilish holatlarga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilib, xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaga stop: Vazirlik xodimi, sudya va bozor rahbarlari ushlandi...
Administrator6-mart, 2026, 21:3641 ko'rishlar
Ulashish:
O'xshash yangiliklar

O'zbekiston
O‘zbekiston — AQSH munosabatlari: 11 yil ichida nimalar o‘zgardi?
21 soat oldin39

O'zbekiston
Toshkentda Turon xalqaro biznes klubi ochiladi
23 soat oldin32

O'zbekiston
Navoiyda yirik investitsiya loyihalari: Xorijiy hamkorlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi
17-oktabr, 2026, 09:2214

O'zbekiston
Rossiya safida Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etgan o'zbekistonlik shaxsga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
15-oktabr, 2026, 12:5843