O'zbekiston

Jenevada Movarounnahrning buyuk ma’naviy va ilmiy merosi taqdim etildi

Administrator1 soat oldin7 ko'rishlar
Jenevada Movarounnahrning buyuk ma’naviy va ilmiy merosi taqdim etildi

Jenevadagi Millatlar saroyida bölib ötgan «Islom sivilizasiyasi: Movarounnahrning buyuk ma’naviy va ilmiy merosi hamda ma’rifat ufqlari» mavzusidagi anjuman diplomatlar, xalqaro taşkilotlar vakillari, yetakçi olimlar va madaniyat namoyandalarini birlaştirdi. Uşbu nufuzli tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida ilgari surgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosini çuqur örganiş hamda jahon jamoatçiligiga keng tanitiş taşabbusi doirasida taşkil etildi. Anjuman joriy yilning 7-oktyabr kuni Parijdagi YUNESKO qarorgohida boşlangan xalqaro muloqotning mantiqiy davomiga aylandi.

Dastur «Sivilizasiyalar, şaxslar, kaşfiyotlar» körgazmasi bilan oçildi. Ekspozisiyada Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari hayoti va kaşfiyotlarini aks ettiruvçi noyob kitoblar, ilmiy va illyustrasiyali naşrlar hamda miniatyuralar namoyiş etildi. Körgazma mintaqaning boy ilmiy an’analari va avlodlar örtasidagi bilimlar davomiyligini yaqqol namoyon etdi. Tadbir yakunida namoyiş etilgan barça kitoblar Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi tomonidan BMTning Jenevadagi bölinmasi kutubxonasiga sovğa qilindi.

BMTning Jenevadagi bölinmasi Boş direktori Tatyana Valovaya Markazning ma’rifiy missiyasiga yuqori baho berib: «Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi menda ulkan taassurot qoldirdi. Bu — boy tarixiy meros zamonaviy texnologiyalar yordamida taqdim etiladigan XXI asrning haqiqiy ilhom maskanidir. Biz kutubxonamiz va Markaz örtasida hamkorlik qilişga kelişib oldik», — deya ta’kidladi.

Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi direktori va WOSCU boşqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov öz ma’ruzasida erişilgan muhim kelişuvlarni qayd etdi. Uning ta’kidlaşiça, BMT kutubxonasi va arxivlaridan foydalaniş böyiça kelişuvga erişilgani Markaziy Osiyo va Özbekiston tarixiga oid ilgari noma’lum bölgan manbalarni örganiş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.

Konferensiya davomida Jeneva diplomatik doirasi prezidenti Robert Blyum, Berlindagi Cultur-Cooperation International taşkiloti direktori Ketlin Gyobel va Latter-day Saint Çarities vakili Kreyg Teylor sözga çiqib, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ğoyalari bugungi murakkab dunyoda tinçlik va millatlararo totuvlikni mustahkamlaşda ğoyat muhim örin tutişini e’tirof etdilar.

Tadbir doirasida Özbekistonning boy tarixi va Islom sivilizasiyasi markazining zamonaviy konsepsiyasiga bağişlangan uçta qisqa metrajli film namoyiş etildi. Anjuman Özbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, Taşqi işlar vazirligi, BMT huzuridagi Doimiy vakolatxona, Din işlari böyiça qömita, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, ACDF va WOSCU hamkorligida taşkil etilib, rasmiy dastur özbek milliy taomlari taqdim etilgan qabul marosimi bilan yakunlandi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Jenevada Movarounnahrning buyuk ma’naviy va ilmiy merosi taqdim etildi | Effect.uz