⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
O'zbekiston

Fermerlar kengashi fermerning haqqini undurish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritdi

Abror Eshonxonov10 soat oldin16 ko'rishlar
Fermerlar kengashi fermerning haqqini undurish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritdi

Maʼlum boʻlishicha, “Anarbay boʻzchi” fermer xoʻjaligi shartnomaga asosan “Taxiatosh don mahsulotlari” MCHJga topshirgan sholi mahsuloti pulini toʻlab berilmagan.

Oʻrganishda “Anarbay boʻzchi” fermer xoʻjaligi bilan “Taxiatosh don mahsulotlari” MCHJ oʻrtasida 2025-yil tuzilgan shartnomaga asosan 5680 kg. sholi mahsuloti topshirganligi va 18,2 mln soʻm qarzdorligi aniqlangan.

Kengash tomonidan 2026-yil 6-mart kuni “Anarbay boʻzchi” fermer xoʻjaligining foydasiga “Taxiatosh don maxsulotlari” MCHJdan 18,2 mln. soʻm asosiy qarz va unga hisoblangan 3,6 mln soʻm penya jami 21,8 mln. soʻmni undirish yuzasidan 2026-yil 6-mart kuni Nukus tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Fermerlar kengashi fermerning haqqini undurish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritdi | Effect.uz