⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!⚠️ DIQQAT: Sayt test rejimida ishlamoqda!
Jamiyat

“Enter Engineering” boʻyicha tekshiruv: 12 mingdan ortiq xodimga ish haqi undirildi

Administrator7 soat oldin57 ko'rishlar
“Enter Engineering” boʻyicha tekshiruv: 12 mingdan ortiq xodimga ish haqi undirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Enter Engineering Pte. Ltd.” kompaniyasi ishchilariga oylik maosh berilmayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, kelib tushgan murojaatlar asosida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan kompaniya va unga aloqador korxonalar faoliyati yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.

Joriy yilda Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi 11 ta obyektda faoliyat yurituvchi 34 ta korxonada ish haqi qarzdorligini undirish choralari koʻrilgan.

Tekshiruvlar natijasida 12 754 nafar xodimga ish haqi undirib berilgani maʼlum qilindi.

Hozirda tekshiruvlar davom etmoqda. Hozirgi kunda tekshirishlar davom ettirilmoqda va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

“Enter Engineering” boʻyicha tekshiruv: 12 mingdan ortiq xodimga ish haqi undirildi | Effect.uz