⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Политика

Yaqin Sharqdan 14 mingga yaqin oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

Administrator2 ч назад14 просмотров
Yaqin Sharqdan 14 mingga yaqin oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy harakatlar tufayli bir qator davlatlar — Bahrayn, Quvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar va Isroil havo hududi yopilgan sharoitda Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 28-fevraldan 7-mart soat 10:00 holatiga koʻra Madina va Jidda aeroportlaridan amalga oshirilgan 63 ta reys orqali 13 543 nafar, Dubaydan esa 9 ta reys bilan 1 401 nafar oʻzbekistonlik olib kelingan.

Shuningdek, xorijiy aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirilgan reyslar orqali ham yuzlab yoʻlovchilar Oʻzbekistonga qaytarilgan.

Ayni paytda Qatarda qolgan fuqarolarni Saudiyaning Riyoz aeroporti orqali evakuatsiya qilish boʻyicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, evakuatsiya qilingan fuqarolarning qariyb 95 foizi turpaketlar asosida Yaqin Sharqqa safar qilgan.

Transport vazirligi ayrim turoperator va agentlar oʻz mijozlarini tashlab ketish holatlari kuzatilayotganini qayd etdi hamda barcha turkompaniyalarni fors-major holatlarida ham mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishga chaqirdi.

Hozirda aviatashuvlarni tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Поделиться:

Похожие новости

Yaqin Sharqdan 14 mingga yaqin oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi | Effect.uz