⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Общество

Toshkentda tadbirkorlar faoliyatiga qarshilik koʻrsatilmoqda: Biznes-ombudsman tekshiruv boshladi

Administrator7 ч назад89 просмотров
Toshkentda tadbirkorlar faoliyatiga qarshilik koʻrsatilmoqda: Biznes-ombudsman tekshiruv boshladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida zaryadlash stansiyalari tarmoqdan uzilayotgani va bekatlarda joylashgan tadbirkorlar faoliyatiga toʻsqinlik qilinayotgani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Biznes-ombudsman munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, amaldagi qonunchilikka koʻra tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini toʻxtatish yoki ularning mulkidan foydalanishni cheklash faqat qonunchilikda belgilangan tartibda, ayrim hollarda esa sud qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.

Biznes-ombudsman maʼlumotiga koʻra, har qanday inventarizatsiya yoki tartibga solish choralari tadbirkorlarni oldindan xabardor qilgan holda va ularning huquqlariga zarar yetkazmagan tarzda oʻtkazilishi lozim.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tadbirkorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Qonunbuzilish holatlari aniqlansa, aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi maʼlum qilindi.

Hurmatli, tadbirkorlar, agar Sizning ham faoliyatingizda shu kabi holatlar kuzatilayotgan boʻlsa, Biznes-ombudsmanning 1100 qisqa raqami yoki @biznesombudsman_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Поделиться:

Похожие новости

Toshkentda tadbirkorlar faoliyatiga qarshilik koʻrsatilmoqda: Biznes-ombudsman tekshiruv boshladi | Effect.uz