⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Общество

Sud hukmi bor, yechim yo‘q – Xorazmda ikki sud hukmi bilan soxta deb topilgan kadastr hujjatlari bo‘yicha bahs davom etmoqda

Administrator1 ч назад10 просмотров
Sud hukmi bor, yechim yo‘q – Xorazmda ikki sud hukmi bilan soxta deb topilgan kadastr hujjatlari bo‘yicha bahs davom etmoqda

Effect.uz tahririyatiga kelib tushgan murojaat asosida Xorazm viloyatidagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq nizo o‘rganildi. Murojaatchi tomonning ma’lum qilishicha, Xiva shahrida yashovchi Dildora Bekchanova bir necha yil avval notarial tartibda rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi orqali turar joy sotib olgan.

Advokatlarning aytishicha, keyinchalik mazkur obyekt bilan bog‘liq boshqa kadastr hujjatlari soxtalashtirilgani aniqlangan. Bu holat bo‘yicha ikki nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va sud hukmlarida hujjatlar soxtalashtirilgani qayd etilgan.

Murojaatchi tomon vakillari ta’kidlashicha, soxta deb topilgan hujjatlar asosida ko‘p qavatli bino davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, garov sifatida rasmiylashtirilgan hamda ushbu mulk evaziga 4,3 milliard so‘mlik kredit ajratilgan. Shuningdek, ularning fikricha, mazkur holat boshqa fuqarolarning ham mulkiy huquqlariga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Shu munosabat bilan murojaatchilar Xorazm viloyati prokurori qabullarida bo‘lib, sud hukmlari bilan soxta deb topilgan kadastr hujjatlarini davlat reyestridan chiqarish, ular asosida qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish va kredit ajratish jarayonlariga huquqiy baho berishni so‘ragan.

Kadastr organi vakili esa mazkur masala maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mulk huquqini asoslovchi hujjatlar va oldi-sotdi shartnomalari amalda bekor qilinmagani uchun obyektni davlat reyestridan chiqarishga huquqiy asos mavjud emas.

O‘zsanoatqurilishbank vakili ham kredit ajratish jarayonida bankka taqdim etilgan hujjatlar qonuniy bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, mazkur holat bo‘yicha prokuratura va boshqa vakolatli organlar tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan hamda kredit ajratilishida qonunbuzarlik aniqlanmagan.

Bank vakili, shuningdek, agar keyinchalik garov obyekti bo‘yicha huquqiy holat o‘zgarsa, bank o‘z manfaatlarini qonuniy tartibda himoya qilishi va yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirish choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.

Ayni paytda nizoga oid ayrim masalalar sud instansiyalarida ko‘rib chiqilmoqda. Murojaatchilar esa ikki sud hukmi bilan soxta deb topilgan hujjatlarning davlat reyestrida saqlanib qolayotgani yuzasidan tegishli idoralardan aniq huquqiy yechim kutayotganini bildirmoqda.

Muhammad Ali Qozoqov tayyorladi.

Поделиться:

Похожие новости

Sud hukmi bor, yechim yo‘q – Xorazmda ikki sud hukmi bilan soxta deb topilgan kadastr hujjatlari bo‘yicha bahs davom etmoqda | Effect.uz