Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri Oʻrtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo doʻkonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati boʻyicha aniqlangan 276 mln soʻmlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora koʻrilmasligini taʼminlash evaziga 9 ming AQSH dollari talab qilgan.
Devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda oʻqiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni soʻragan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming dollarni Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, devonxona noziriga nisbatan «qamoq« ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Prokuratura xodimi pora bilan qoʻlga tushdi
Administrator4 марта 2026 г., 03:18114 просмотров

Поделиться:
Похожие новости

Общество
“Real Sanjik” adashining kasriga qoldi(mi?)
19 ч назад1.1K

Общество
«Haqiqatga ko‘z yumilmoqda»: Xorazmda 5 yil 1 oyga nohaq qamalgan tarjimon yigitning onasi adolat so‘ramoqda
10 сентября 2026 г., 11:5988

Общество
1-sentyabrdan davlat bogʻchalarida toʻlovlar oshadi
26 августа 2026 г., 14:54143

Общество
“Real Sanjik” tuhmatga qolganmi? 5 oylik sudda AQSHdan yangi dalillar keltirildi
22 августа 2026 г., 02:591.8K