2-mart kuni Vazirlar Mahkamasida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash masalalari muhokama qilingan.
Videoselektorda fuqarolarni xavfsiz va tizimli ravishda vatanga olib kelish boʻyicha zarur choralarni koʻrish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan. Mamlakatdagi barcha aviakompaniyalarga Fors koʻrfazi davlatlarida boʻlib turgan yurtdoshlarni qaytarish choralarini koʻrish topshirilgan.
Xususan, Jidda—Toshkent yoʻnalishida repatriatsiya reyslarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratish vazifasi yuklatildi.
Majlisda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga Fors koʻrfazi davlatlari bilan amaldagi kelishuvlarning ijro holatini tahlil qilish, shuningdek, eksport-import operatsiyalari uchun muqobil yoʻnalishlarni koʻrib chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. Qayd etilishicha, vaziyatdan kelib chiqib, barcha zarur choralar tezkorlik bilan amalga oshiriladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi barcha aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirishgacha ziyoratchilarni Umra dasturi boʻyicha Saudiya Arabistoniga olib borish vaqtincha toʻxtatilgan va 2026-yil 2-martdan boshlab yurtdoshlarimizni vatanga qaytarish uchun “Uzbekistan Airways” Jidda – Toshkent yoʻnalishida maxsus repatriatsiya reyslarini amalga oshirish belgilangan edi.
Prezident Fors koʻrfazidagi Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish boʻyicha topshiriq berdi
Administrator4 марта 2026 г. в 03:1242 просмотров

Поделиться:
Похожие новости

Общество
“Telegram'dagi xabarni boshqaga ulashishdan oldin o‘ylang: javobgarlik muqarrar!” – Andijon viloyati hokimi oilasi atrofidagi shov-shuvlar yuzasidan videomurojaat
8 июля 2026 г. в 16:340

Общество
Ichki ishlar vaziri qabulidagi fuqarolar dardi: firibgarlik, tergov va adolat izlaganlar muammolariga yechim topilyaptimi?
29 июня 2026 г. в 18:250

Общество
Shahrisabzdagi renovatsiya mojarosiga yakun yasaldi: «Kesh New House» bilan bog‘liq uzoq yillik nizo qanday yechim topdi?
24 июня 2026 г. в 18:520

Общество
DXX ushladi, IIB «qo‘yib yubordi»: Xorazmdagi jinoyat ishi nega «yengillashtirildi»?
22 июня 2026 г. в 10:150