Культура

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining «Ma’rifat aks-sadosi» filmi Ispaniyada «Oltin mukofot»ga sazovor bo‘ldi

Administrator1 ч назад3 просмотров
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining «Ma’rifat aks-sadosi» filmi Ispaniyada «Oltin mukofot»ga sazovor bo‘ldi

Dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan kelgan audiovizual loyihalar ishtirok etgan ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekistonning boy madaniy va ilmiy merosini yoritib bergan film eng yuqori e’tirofga loyiq ko‘rildi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prezident Shavkat Mirziyoyevning mualliflik megashaklidagi loyihasi bo‘lib, islom sivilizatsiyasining ilmiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, saqlash hamda dunyoga namoyish etishga qaratilgan.

Terres festivalining «Oltin mukofoti» «Ma’rifat aks-sadosi» filmining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli odimlarini davom ettirdi. Film 2026-yilda New York Festivals hamda Kann korporativ media va televideniye festivali finalistiga aylangan, shuningdek, Belgraddagi SILKFEST 26 festivalida e’tirof etilgan edi. Terres festivali Turizm filmlari festivallari xalqaro qo‘mitasi (CIFFT)ning rasmiy a’zosi bo‘lgani sababli, ushbu g‘alaba evaziga loyiha CIFFT Ranking – World’s Best Tourism Films dunyo reytingidan ham joy oladi.

Filmda afsonaviy aktyor, «Gandi» filmidagi roli uchun «Oskar» mukofoti sohibi Ben Kingslining ishtiroki alohida o‘rin egallaydi. Jahon tomoshabinlariga «Tabib» (The Physician) tarixiy dramasidagi Abu Ali ibn Sino obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan aktyor «Ma’rifat aks-sadosi»da O‘zbekistonning yetuk olim va mutafakkirlariga murojaat qiladi. U ilm-fan, ta’lim va madaniyat rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan islom sivilizatsiyasi haqida hikoya qilib, O‘zbekistonni nafaqat sayyohlik yo‘nalishi, balki tarix va ma’rifat tutashgan buyuk kashfiyotlar zamini sifatida namoyon etadi.

Ushbu zafar Markazning xalqaro e’tiroflari qatorini yanada boyitdi. Markaz 2026-yilda Ginnesning rekordlar kitobiga «Islom sivilizatsiyasining eng yirik muzeyi» sifatida kiritilgan va TURKSOY tomonidan «Turk dunyosining eng yaxshi muzeyi» deb tan olingan. Shuningdek, 2025-yilda Xalqaro Avitsenna mukofoti hamda Singapurdagi Butunjahon halol turizm sammitida «Yilning islomiy meros obyekti» unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Film bosh prodyuseri — Firdavs Abduxoliqov, ssenariy muallifi va rejissyor — Shohruh Rasulov, prodyuser — Gayrat Muminov hamda ijrochi prodyuser — Sayyora Xudoyberdiyeva.

Поделиться:

Похожие новости

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining «Ma’rifat aks-sadosi» filmi Ispaniyada «Oltin mukofot»ga sazovor bo‘ldi | Effect.uz