⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Общество

Oʻzbekistonda endi plastik karta va telefon raqam bir egaga bogʻlanadi

Administrator6 ч назад24 просмотров
Oʻzbekistonda endi plastik karta va telefon raqam bir egaga bogʻlanadi

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov qaroriga koʻra, 22-apreldan telefon raqami va JSHSHIR mosligi majburiy tekshiriladi. Moslik aniqlanmasa, kartani ulash va mobil ilovalardan foydalanish cheklanadi.

Markaziy bank boshqaruvi qaroriga muvofiq, 22-apreldan boshlab bank xizmatlarida yangi tartib joriy etiladi. Unga koʻra, foydalanuvchining telefon raqami va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) oʻzaro mosligi majburiy tartibda tekshiriladi.

Moslik aniqlanmagan taqdirda, mobil ilovalarda roʻyxatdan oʻtish hamda bank kartasini biriktirishga ruxsat berilmaydi. Bu haqda foydalanuvchi SMS orqali xabardor qilinadi.

Yangi tartibga binoan, fuqaro oʻz nomidagi bank kartasini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqamiga ulay olmaydi. Shuningdek, aks holatda ham — yaʼni boshqa shaxs kartasini oʻz raqamiga bogʻlash imkonsiz boʻladi.

Mazkur oʻzgarishlar moliyaviy xavfsizlikni kuchaytirish va firibgarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan. Qisqacha aytganda, endilikda bank kartasi va telefon raqami bir shaxs nomida boʻlishi va JSHSHIR orqali tasdiqlanishi shart.

Поделиться:

Похожие новости

Oʻzbekistonda endi plastik karta va telefon raqam bir egaga bogʻlanadi | Effect.uz