⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Политика

Oʻzbekiston Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi

Administrator2 ч назад15 просмотров
Oʻzbekiston Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Eron Islom Respublikasi xalqiga insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, insonparvarlik yuki tarkibiga un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yogʻi, konservalar, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlar kiritilgan.

Insonparvarlik yuklarini qabul qilib olish marosimida Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtaba Ruzbexani ishtirok etdi.

Tadbir davomida eronlik rasmiylar koʻrsatilgan insonparvarlik yordami uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirdilar.

Ular mazkur tashabbusni ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash anʼanalarining yorqin ifodasi sifatida baholadilar.

Поделиться:

Похожие новости

Oʻzbekiston Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi | Effect.uz