⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Узбекистан

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonning ekologik tashabbuslariga baho berdi

Administrator2 ч назад6 просмотров
Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonning ekologik tashabbuslariga baho berdi

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Ulan-Bator shahrida o‘tkazilayotgan COP17 konferensiyasi doirasida O‘zbekiston milliy pavilyoniga tashrif buyurdi.

Mehmonni O‘zbekiston Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov kuzatib bordi.

Tashrif davomida Xurelsuxga O‘zbekistonda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonning ekologik tashabbuslarini yuqori baholab, ekologik va iqlim muammolarini hal etishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Поделиться:

Похожие новости

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekistonning ekologik tashabbuslariga baho berdi | Effect.uz