⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Политика

Ijtimoiy tarmoq kuchi: Prezident internetni koʻradi

Administrator11 ч назад153 просмотров
Ijtimoiy tarmoq kuchi: Prezident internetni koʻradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida Sergeli tumanidagi koʻprik bilan bogʻliq holat muhokama qilindi.

13-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida poytaxtdagi bir holat — Sergeli tumanida Salar kanali ustida joylashgan koʻprik bilan bogʻliq muammo ham tilga olindi.

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda mazkur koʻprikning nosoz holati haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan soʻng hokimlik tezkor chora koʻrib, qisqa vaqt ichida ushbu hududda yangi koʻprik oʻrnatdi.

Qayd etilishicha, fuqaro yanvar oyida maktab oʻquvchisi ushbu kanalga tushib ketganini maʼlum qilib, buzilgan koʻprikni taʼmirlash yoki qayta qurishni soʻragan. Ammo ikki oy davomida masʼul idoralar tomonidan masalaga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan va murojaatga yuzaki javob berilgan.

Muammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan keyingina zarur mablagʻ ajratilib, koʻprik qurib bitkazilgani taʼkidlandi.

Yigʻilishda murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi qayd etildi.

Davlat rahbarining mazkur misolga alohida toʻxtalib oʻtishi ijtimoiy tarmoqlarda koʻtarilayotgan masalalar va aholi murojaatlari tizimli ravishda tahlil qilinib, yuqori darajagacha yetkazilayotganidan dalolat beradi.

Zamonaviy kommunikatsiya vositalari bugungi kunda islohotlarning muhim qismiga aylanib, jamoatchilik fikri davlat boshqaruvida muhim omil boʻlib bormoqda.

Поделиться:

Похожие новости

Ijtimoiy tarmoq kuchi: Prezident internetni koʻradi | Effect.uz