⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Узбекистан

“Hamkorbank” Qurilish vazirligi binosini auksion orqali sotib oldi

Administrator1 ч назад32 просмотров
“Hamkorbank” Qurilish vazirligi binosini auksion orqali sotib oldi

Toshkent markazida joylashgan Qurilish vazirligi binosi qariyb 200 mlrd soʻmga xususiy sektorga sotildi. Auksion gʻolibi — “Hamkorbank”.

Qayd etilishicha, Qurilish vazirligi binosi qayta auksionga qoʻyilib, bu safar “Hamkorbank” tomonidan 196,6 mlrd soʻmga xarid qilingan.

Obyekt Abdulla Qodiriy va Abay koʻchalari kesishmasida, Oʻrda massivi hududida joylashgan boʻlib, strategik va tijoriy jihatdan muhim lokatsiya hisoblanadi. Bino atrofida bir qator yirik bank ofislari, jumladan “Turonbank”, “Agrobank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Aloqabank”, “Asakabank” hamda BRB filiallari faoliyat yuritadi. Shuningdek, Tashkent City majmuasi ham ushbu hududga yaqin joylashgan.

Maʼlumotlarga koʻra, binolarning umumiy maydoni 11 725 kvadrat metrni, unga tutash yer maydoni esa 0,48 gektarni tashkil etadi. Obyekt barcha asosiy muhandislik kommunikatsiyalari — elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tizimlari bilan taʼminlangan.

Auksionda lotning boshlangʻich narxi 187,2 mlrd soʻm etib belgilangan. Savdo yakunida “Hamkorbank” eng yuqori — 196,6 mlrd soʻmlik taklif bilan gʻolib deb topilgan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur obyekt ilk bor 2025-yil noyabr oyida xususiylashtirish dasturi doirasida savdoga chiqarilgan edi. Oʻshanda “Oʻzshahar Qurilish Invest” kompaniyasi 182,4 mlrd soʻmlik taklif bilan gʻolib boʻlgandi.

Поделиться:

Похожие новости

“Hamkorbank” Qurilish vazirligi binosini auksion orqali sotib oldi | Effect.uz