Davlat rahbari topshirig‘iga asosan, energetikada narxlar bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazilayotgan davrda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Uning maqsadi — islohotlar jarayonida birorta ehtiyojmand oilani e’tibordan chetda qoldirmaslik. Kuz-qish mavsumi oldidan beshta chora ko‘zda tutilmoqda:
Gazsiz xonadonlar uchun qishda imtiyozli elektr energiyasi hajmi 75 foizga oshadi
2026-yil 1-noyabrdan gaz yetib bormagan xonadonlar uchun isitish mavsumida elektr energiyasining oylik bazaviy me’yori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatgacha oshiriladi.
1,5 mln xonadon ixtiyorida 171 mlrd so‘m qoladi. Bu har bir xonadon uchun o‘rtacha 114 ming so‘m degani.
1 milliondan ortiq oilaga 1 mln so‘mdan bir martalik yordam
Noyabr oyida ehtiyojmand oilalarga jami 1 trln so‘m ajratiladi. Yordam oluvchilar uch guruhdan iborat:
• 573 ming: Ijtimoiy reyestrdagi oilalar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalar, oilaviy bolalar uylari hamda parvarishga muhtoj shaxslar;
• 273 ming: mahalla tavsiyasi asosida, jon boshiga daromadi 1 430 ming so‘mgacha bo‘lgan oilalar (reyestrdagi oilalar sonining 50 foizigacha);
• 171 ming: markaziy isitish tizimidan foydalanuvchi oilalar. Ular uchun daromad mezoni hududlarda 1 430 ming so‘m, Toshkent shahrida 2 145 ming so‘m etib belgilanadi. Oilalar soni bo‘yicha cheklov yo‘q.
Yordam oluvchilarning qariyb 44 foizi (444 ming oila) Ijtimoiy reyestrda bo‘lmagan, biroq yordamga muhtoj oilalardir.
Daromad mezoni yumshatiladi, yordam oluvchilar soni ko‘payadi
Reyestrga kirmagan oilalar uchun elektr energiyasi va gaz xarajatlari kompensatsiyasini olish mezoni jon boshiga 1 072 ming so‘mdan 1 430 ming so‘mgacha (+33 foiz) oshiriladi. Ko‘mir xarajatlari hamda "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan kommunal to‘lovlarni qoplash uchun ham mezon 1 430 ming so‘m etib belgilanadi.
Qo‘shimcha 166 ming oila qamrab olinadi. Buning uchun 77 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bu har bir oilaga o‘rtacha 464 ming so‘mni tashkil etadi.
Kompensatsiya yana bir yil davom etadi
Bazaviy me’yor doirasidagi va undan ortiq iste’mol uchun belgilangan narxlar o‘rtasidagi farqni qoplash muddati 2027-yil 1-apreldan 2028-yil 1-aprelgacha uzaytiriladi.
470 ming oilaga 150 mlrd so‘m to‘lab beriladi. Bu bir oila uchun yiliga o‘rtacha 319 ming so‘mni tashkil etadi.
Nafaqat bugungi to‘lovlar, balki ertangi xarajatlar ham kamayadi
"Og‘ir" mahallalardagi 3 mingta "davlat ta’minotidagi oila" xonadonida devor va tomlar izolyatsiya qilinadi, energiya tejamkor deraza va eshiklar, quyosh panellari yoki gelio kollektorlar o‘rnatiladi.
Buning uchun 240 mlrd so‘m ajratiladi. Har bir xonadonga o‘rtacha 80 mln so‘m to‘g‘ri keladi. Bu uzoq muddatli sarmoya: uy issiqlikni yaxshi saqlaydi va oylik to‘lovlar kamayadi.
Jami qo‘shimcha yordam: 1,7 trln so‘m.
Energiya islohotlari davrida ehtiyojmand aholiga 1,7 trln so'm yordam qilinadi
Administrator3 ч назад15 просмотров

Поделиться:
Похожие новости

Узбекистан
Объем металлургической промышленности достиг 243,6 трлн сумов
39 мин назад1

Узбекистан
Таможенный сбор за международные курьерские отправления будет снижен на 20 процентов
2 ч назад9

Узбекистан
Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о внедрении «зеленых» технологий в деятельность теплиц
2 ч назад36

Узбекистан
В Кашкадарье из-за селя погиб человек
3 ч назад23