AQSH rahbarining aytishicha, oʻtgan yili muayyan obyektlar yoʻq qilinganidan soʻng Eronni yangi joyda yadroviy qurol yaratishga urinmaslik haqida ogohlantirgan. Biroq Trampga koʻra, Tehron yadroviy dasturni davom ettirgan.
«Biz Eronni oʻtgan yili ushbu obyektlar yoʻq qilinganidan keyin yangi joyda yana yadroviy qurol yaratishga urinmaslik haqida ogohlantirgan edik.
Ammo ular uni yaratishni davom ettirdi, shuningdek Yevropagacha, bir kuni esa AQSHgacha yetib borishi mumkin boʻlgan ballistik raketalar ishlab chiqarishni ham davom ettirdi.
Yadroviy qurol va uzoq masofali raketalarga ega boʻlgan Eron rejimi mamlakatimiz uchun tahdid boʻlar edi», dedi Tramp.
Tramp hozirgi vaziyat Eronga zarba berish uchun eng yaxshi imkoniyat boʻlganini aytdi.
«Bu yovuz va kasal rejimga zarba berish uchun eng yaxshi imkoniyatimiz edi. Maqsadlar aniq — ularning raketa ishlab chiqarishini yoʻq qilish, flotini yoʻq qilish, hech qachon yadroviy qurolga ega boʻlmasligini taʼminlash va eng muhimi — rejim boshqa mamlakatlarda terrorchilarni moliyalashtira olmasligini taʼminlash.
Biz bu masalalar boʻyicha deyarli kelishuvga erishgan edik, ammo ular rad etdi. Bizda dunyodagi eng kuchli armiya bor va biz osonlik bilan gʻalaba qozonamiz. Biz allaqachon rejadan oldindamiz.
Ammo qancha vaqt talab etilmasin, maqsadga erishamiz. Biz 4–5 haftani prognoz qilgan edik, ammo qancha kerak boʻlsa, shuncha vaqt jang qilamiz. Ommaviy axborot vositalari men bir yoki ikki haftada qiziqishimni yoʻqotaman, deyishmoqda.
Men zerikmayman. Agar zerikkanimda, bu yerda turmagan boʻlardim», — deb qoʻshimcha qildi Tramp.
“Biz ularni ogohlantirgandik” — Tramp Eronga qarshi urush yuzasidan bayonot berdi
Administrator3 ч назад3 просмотров

Поделиться:



