⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!⚠️ ВНИМАНИЕ: Сайт работает в тестовом режиме!
Политика

Apellyatsiya sudi: tezlikmi yoki ssenariy, hukm tayor boʻlganmi?

Administrator3 ч назад40 просмотров
Apellyatsiya sudi: tezlikmi yoki ssenariy, hukm tayor boʻlganmi?

Sudlanuvchi ishtirokisiz oʻtgan apellyatsiya, 5 kunlik koʻrib chiqish va 9-yillik jazo. Bu sudmi yoki tayyor ssenariy?

Oʻzbekistonda sud-huquq islohotlari doirasida “adolatli sudlov” tamoyili ustuvor deb taʼkidlanadi. Biroq ayrim ishlar amaliyotda bu tamoyil qay darajada ishlayotgani haqida savollar tugʻdirmoqda.

Advokat Xurshidabonu Nasretdinova tomonidan “Ezgulik” jamiyatiga taqdim etilgan murojaat shunday holatlardan biri sifatida keltirilmoqda.

Uning bildirishicha, dastlab birinchi instansiya sudi aybni qayta malakalab, ogʻir ayblovni yengilroq moddaga oʻzgartirgan va ozodlikdan mahrum qilish oʻrniga axloq tuzatish ishlarini tayinlagan.

Biroq prokuratura protestidan soʻng ish apellyatsiya bosqichida qayta koʻrib chiqilgan. Shu jarayonda, murojaatga koʻra:

— ish atigi 5 kunda koʻrib chiqilgan;
sudlanuvchilar sudda ishtirok etmagan;
— ularning eʼtirozlari eshitilmagan;
— muhokama formal tarzda oʻtkazilgan.

Natijada jazo keskin ogʻirlashtirilib, axloq tuzatish ishlaridan 9–10-yillik qamoq jazosiga oʻzgartirilgan.

Murojaatda taʼkidlanishicha, qonunga koʻra sudlanuvchi sud jarayonida ishtirok etishi va oʻzini himoya qilish huquqiga ega. Biroq mazkur ishda bu talablar qay darajada taʼminlangani savol ostida qolmoqda.

Shuningdek, keyingi bosqichlarda:

— guvohlar soʻroq qilinmagan;
— advokat iltimosnomalari rad etilgan;
— shikoyatlar mazmunan koʻrib chiqilmagani qayd etilgan.

Oliy sud esa ishni koʻrishni rad etgan. Sabab sifatida sudlanuvchilar imzosining yoʻqligi koʻrsatilgan. Ayni paytda advokatlar video orqali rozilik taqdim etganini bildirgan boʻlsa-da, bu inobatga olinmagan.

Mazkur holat yuzasidan qator savollar ochiq qolmoqda:

— Nega apellyatsiya sudlanuvchisiz oʻtkazilgan?
— Nega jazo keskin ogʻirlashtirilgan?
— Nega taqdim etilgan dalillar inobatga olinmagan?

Mutaxassislar fikricha, adolatli sudlov nafaqat hukm, balki jarayonning oʻzida — ishtirok, eshitilish va tenglik tamoyillarida namoyon boʻlishi lozim. Effect.uz mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat kutadi.

Поделиться:

Похожие новости

Apellyatsiya sudi: tezlikmi yoki ssenariy, hukm tayor boʻlganmi? | Effect.uz