Toşkent şahrining Çilonzor tumanida 7 kilogramm 685 gramm sof kumuşni 156 million sömga sotayotgan şaxs qölga olindi. U qimmatbaho metallar muomalasi bilan şuğullaniş uçun tegişli litsenziyaga ega bölmagan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida qimmatbaho metallarning noqonuniy muomalasiga çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida Toşkent viloyatining Böka tumanida yaşovçi, 1973-yilda tuğilgan fuqaro 7 kilogramm 685 gramm sof kumuşni 156 million sömga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tekşiruvda uning qimmatbaho metallar muomalasi bilan şuğullaniş uçun tegişli litsenziyasi yöqligi va noqonuniy faoliyat olib borayotgani aniqlangan.
Hozirda uşbu şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




