Qorong‘i rejim
Özbekiston

Toşkentda 64 million dollarlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullangan uç kişi uşlandi

Akmal Eshonxonov44 ko'rishlar
Toşkentda 64 million dollarlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullangan uç kişi uşlandi

Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida jinoiy daromadlarni kriptoaktivlarga ayirboşlaş orqali ularning asl manbasini yaşirişga qaratilgan yirik moliyaviy sxema foş etildi. Holat yuzasidan uç kişi qölga olindi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati maʼlum qilişiça, Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tezkor tadbir ötkazgan. Unda gumonlanuvçilar turli davlatlar valyutasidagi mablağlarni kriptoaktivlarga ayirboşlaş va moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş bilan şuğullangani aniqlangan.

Qölga olinganlardan birining aytişiça, u Qozoğiston va Qirğizistondagi tadbirkorlardan pul olgan. U har bir operatsiyadan kuniga 80–100 dollar foyda körganini bildirgan.

Tezkor tadbir davomida 8 ta telefon va 2 ta noutbuk aşyoviy dalil sifatida olingan. Qurilmalarni örganiş natijasida jami 64 milliondan ortiq USDT, yaʼni qariyb 768 milliard 380 million sömlik kriptoaktivlar bilan boğliq moliyaviy operatsiyalar amalga oşirilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi 3-qismi tegişli bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Toşkentda 64 million dollarlik noqonuniy kriptoaktivlar savdosi bilan şuğullangan uç kişi uşlandi | Effect.uz