Jamiyat

IIO Mubinlolo ijodiga munosabat bildirgan Instagram faoli videosi yuzasidan tekşiruv boşladi

Akmal Eshonxonov23 ko'rishlar
IIO Mubinlolo ijodiga munosabat bildirgan Instagram faoli videosi yuzasidan tekşiruv boşladi

Instagramʼda Umr.Şam nomi bilan tanilgan, 600 mingga yaqin obunaçiga ega blogerning ijtimoiy tarmoqda tarqatgan videosi yuzasidan Toşkent şahrida tergovga qadar tekşiruv boşlandi.

Maʼlum bölişiça, bloger yaqinda xonanda Mubina Abbosxonova — Mubinlolo klipiga munosabat bildirib, videorolik joylagan. Mazkur rolik jamoatçilikda keskin muhokamalarga sabab bölgan.

«Nemolçi.uz» loyihasining murojaatida taʼkidlanişiça, videoda bloger xonanda ijodini milliy maʼnaviyatga zid deb baholagan va uni öldiriş hamda jasadini qora paketga solişga işora qiluvçi sahnalarni namoyiş etgan.

Şuningdek, rolikda jamiyatda özligi va or-nomusini unutgan odamlar köpaygani haqida fikr bildirilib, yana qora paketlar olib keliş söralgani aytilgan. Video yakunida Özbekiston davlat bayroği hamda Içki işlar vazirligi bayroği tasvirlangan.

Murojaatda videoni bir neça kun içida milliondan ortiq kişi körgani va unda zöravonlik hamda özboşimçalik bilan jazolaş ğoyalari ilgari surilgani taʼkidlangan. Keyinçalik mazkur video blogerning sahifasidan öçirilgan.

Holat yuzasidan Olmazor tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Toşkent şahar IIBB maʼlumotiga köra, videoni joylagan şaxs aniqlangan va holat nazoratga olingan.

Tekşiruv yakuniga köra holatga huquqiy baho berilib, qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.

Avvalroq bloger Nikita Makarenko mazkur harakatlarga Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi 1-qismi — jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş bilan boğliq norma nuqtai nazaridan huquqiy baho berilişi mumkinligini bildirgan.

Hozirça blogerning harakatlariga nisbatan yakuniy huquqiy baho berilgani haqida maʼlumot yöq. Tergovga qadar tekşiruv natijasiga köra tegişli qaror qabul qilinişi kutilmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

IIO Mubinlolo ijodiga munosabat bildirgan Instagram faoli videosi yuzasidan tekşiruv boşladi | Effect.uz