Özbekistonda 2026-yil oktyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,6 foizga oşdi.
Yillik inflyatsiya 6,5 foizni taşkil etdi. Ayrim oziq-ovqat mahsulotlari esa bir oyda sezilarli qimmatlaşdi.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, yillik inflyatsiya 2025-yil oktyabr oyidagi körsatkiçga nisbatan 1,3 foiz punktga pasaygan.
Oktyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2 foizga, pulli xizmatlar esa 0,6 foizga qimmatlaşdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari orasida tuxum narxi 5,2 foizga, qöy göşti 1,4 foizga, suyakli mol göşti 1,2 foizga, qiyma 1,1 foizga va sut 1 foizga oşdi. Şakar esa 2,2 foizga arzonlaşdi.
Sabzavotlardan baqlajon va bodring 9 foizga, pomidor 8,8 foizga, bulğor qalampiri 8,7 foizga, kartoşka 5,3 foizga qimmatlaşdi.
Ayni vaqtda limon 15 foizga, uzum 7,5 foizga, olma 3 foizga va banan 1,3 foizga arzonlaşgan.
Yonilği narxlarida ham ösiş kuzatildi: benzin 1 foizga, propan 0,4 foizga qimmatlaşdi. Metan narxi özgarmadi.
Xizmatlar sohasida sovuq suv va kanalizatsiya tariflari 4,7 foizga, repetitorlik 1,6 foizga, taksi 1,3 foizga, çet tillari kurslari 0,8 foizga oşdi.
Narxlar monitoringi 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtasida ötkazilib, 3 milliondan ziyod narx qayd etildi. Kuzatuvlar 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 98 turdagi xizmatlarni qamrab olgan




